Agentlik ma’lumotlariga köra, u, jumladan, tankka qarşi va yuqori aniqlikdagi aviatsion öq-dorilar, NASAMS havo mudofaa tizimi uçun qöşimça snaryadlar, şuningdek, köprik quruvçi qurilmalar va ta’mirlaş-tiklaş maşinalarini öz içiga oladi. 

Jami 2,1 milliard dollarlik paketning birinçi qismi Ukraina xavfsizligiga kömaklaşiş taşabbusi tomonidan moliyalaştiriladi, u qurollarni AQŞ armiyasining zaxiralaridan emas, töğridan töğri işlab çiqaruvçilardan buyurtma qiladi. 

Yana 500 million dollar prezidentning qurol-yaroğlarni qisqartiriş taşabbusi doirasida keladi, unga köra, Oq uy rahbari favqulodda vaziyatlarda Amerika zaxiralaridan qurol topşiriş huquqiga ega. 

Umuman olganda, Rossiyaning Ukrainaga qarşi harbiy tajovuzi boşlanganidan beri Qöşma Ştatlar Kiyevga 30 milliard dollardan ortiq harbiy yordam berişini e’lon qildi.

Avvalroq AQŞ prezidenti Jo Bayden butun dunyoda demokratiyani mustahkamlaş uçun 690 million dollar (637 million yevro) ajratişga va’da bergandi. Bu mablağlar samarali va şaffof boşqaruv, matbuot erkinligi, korrupsiyaga qarşi kuraş, erkin saylovlar va demokratiyani tarğib qiluvçi texnologiyalarga yönaltirilişi kerak, dedi Amerika yetakçisi 29 mart kuni AQŞ tomonidan taşkil etilgan ikkinçi xalqaro «Demokratiya sammiti»da.

Asosan videokonferensiya orqali ötgan uçraşuv iştirokçilariga murojaat qilib, Bayden demokratiyani mustahkamlaş «zamonimizning eng muhim muammosi» ekanligini aytdi. Şu bilan birga, u Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi va AQŞning Xitoy bilan munosabatlaridagi keskinlikka qaramay, ötgan yil davomida ijobiy siljişlarni qayd etdi. 

«Bugun biz ğurur bilan aytişimiz mumkinki, jahon demokratiyalari kuçsiz emas, kuçayib bormoqda. Dunyodagi avtokratiyalar kuçayib emas, zaiflaşib boryapti. Bu barçamizning bevosita mehnatimiz natijasidir», - dedi Bayden.