Iftorlikda to‘g‘ri taomlanish bo‘yicha tavsiyalar berildi
Ro‘zani uchta xurmo yoki suv bilan ochish iftorlikni boshlashning an’anaviy va sog‘lom yo‘lidir.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan Ramazon oyida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha e’lon qilingan tavsiyalardan iftorlik dasturxoniga doir maslahatlar ham o‘rin olgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Xususan, iftorlik chog‘ida sog‘lom va me’yorida ovqatlanib, quvvatni to‘ldirib olish muhim. Ro‘zani uchta xurmo yoki suv bilan ochish iftorlikni boshlashning an’anaviy va sog‘lom yo‘lidir.
Xurmo odam tanasidagi ko‘plab a’zolarning to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan kletchatkaga boy ozuqa. AQSh Cornell University mutaxassislarining yozishicha, ovqatlanishdan oldin suv ichish tanani suyuqlik bilan oziqlantirishning eng yaxshi yo‘lidir.
Lekin ro‘zani ochgan zahoti birdaniga ko‘p suv ichib yubormaslik lozim. Bu salomatlik uchun xavfli hisoblangan suv intoksikatsiyasiga olib kelishi mumkin.
Organizmni muhim vitaminlar va ozuqa moddalari bilan ta’minlash uchun iftorlik taomnomasiga ko‘plab sabzavotlarni qo‘shgan afzal.
Shuningdek, organizmni quvvat va kletchatka bilan ta’minlaydigan donli (yanchilmagan va tozalanmagan) mahsulotlarni iste’mol qilish maqsadga muvofiq.
Pechda yoki grilda pishirilgan yog‘siz go‘sht, terisiz tovuq va baliq tanovul qilish orqali organizmnni sog‘lom oqsillar bilan boyitish mumkin.
Umuman olganda, yog‘ va shakarga boy, qovurilgan hamda qayta ishlangan mahsulotlardan tiyilish kerak.
Iftorlikdan so‘ng ko‘p shirinlik yeyish tavsiya etilmaydi. Buning o‘rniga, suvga boy mavsumiy mevalar, jumladan, olma iste’mol qilish foydali.
Iftorlik uchun JSST tavsiyalari:
- uyda pishirilgan sabzavotli sho‘rva;
- sabzavot va ko‘katlardan tayyorlangan salat;
- qiyma qo‘shilgan sabzavotli taomlar (qovoq, baqlajon, tok bargiga o‘ralgan do‘lma);
- pechda pishirilgan tovuq.
Ko‘p miqdorda suv ichish, ta’mni yaxshilash uchun taomga limon bo‘laklari va yalpiz qo‘shish mumkin.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
19:53 / 17.01.2025
Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markaziga direktor tayinlandi
17:05 / 06.01.2025
SSV Respublika pediatriya markazi metapnevmovirusga chalingan bolalar bilan to‘lganini rad etdi
18:09 / 24.10.2024
SSV bolalarni nafas a’zolari kasalliklaridan himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar berdi
15:26 / 30.08.2024