«Putin 20-22 mart kunlari Xitoy yetakçisi Si Jinping bilan bölib ötgan uçraşuvlardan dunyoning qolgan davlatlarini Ğarbga qarşi ritorik tarzda birlaştirişga qaratilgan sa’y-harakatlarni kuçaytiriş uçun foydalandi. Rossiya taşqi siyosati konsepsiyasi böyiça yangi hujjat Kremlning mamlakatning Ğarbga qarşi yanada uyğun blokni şakllantiriş uçun birlaşiş böyiça takliflarini kuçaytirişga urinişni qöllab-quvvatlaşga xizmat qilişi mumkin», deyiladi ISW'ning navbatdagi şarhida.
Institut Kremlning yangi konsepsiyasida Ğarb Rossiyaga qarşi va xalqaro beqarorlaştiruvçi kuç sifatida körsatilganini ta’kidlab, AQŞ va uning «satellitlari» göyoki Rossiyani zaiflaştirişga qaratilgan gibrid uruşni boşlab bergani aytilganini qayd etadi.
Rossiya Federatsiyasining yangi taşqi siyosat konsepsiyasida davlatlarning polimarkazliligi va suveren tengligiga e’tibor qaratilgan.
Konsepsiyada Rossiyaga nisbatan nodöstona harakatlarga javoban simmetrik va assimetrik çoralar köriş imkoniyati közda tutilgan.
Rossiya va uning ittifoqçilariga qurolli hujumni qaytariş yoki oldini oliş uçun Qurolli kuçlardan foydalaniş böyiça tezis kiritilmoqda.


















