Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada «chet el agentlari» ro‘yxati yana kengaytirildi
Rok musiqachi Maksim Pokrovskiy Ukrainani ochiqdan ochiq qo‘llab-quvvatlagan va Rossiya fuqarolari haqida «salbiy» gapirgan, deya ma’lum qildi mamlakat Adliya vazirligi. Kareliya Jurnalistlar uyushmasi rahbari Chentemirov ham «chet el agentlari» ro‘yxatiga kiritildi.
Rossiya Adliya vazirligi 31 mart, juma kuni «chet el agentlari» ro‘yxatini kengaytirdi. Ro‘yxatga rus rok guruhi «Nogu svelo!» rahbari Maksim Pokrovskiy, novosibirsklik siyosatchi va YouTube'da rus tilidagi «Populyarnaya politika» kanali muallifi Sergey Boyko hamda Kareliya Jurnalistlar uyushmasi raisi Georgiy Chentemirov kiritildi.
Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadan tashqarida yashovchi musiqachi Ukrainani ochiqdan ochiq, jumladan, mablag‘ yig‘ish orqali qo‘llab-quvvatlagan, xorijiy tuzilmalar bilan faol aloqada bo‘lgan, shuningdek, Rossiya fuqarolari haqida «salbiy» gapirgan. Boyko «Vatanga xizmat qilish g‘oyasini obro‘sizlantirgan» va «harbiy xizmatga salbiy munosabatni shakllantirgan», deb xabar berdi vazirlik.
Bundan tashqari, «chet el agentlari» reyestri Rossiya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, «Rossiya armiyasini obro‘sizlantiradigan» «Teplitsa sotsialnyx texnologiy» loyihasi, Rossiyaning Ukrainaga harbiy bosqinini to‘xtatish tarafdori bo‘lgan «Nastoyashchaya Rossiya» birlashmasi bilan to‘ldirildi.
Rossiyada «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun 2012 yilda paydo bo‘lgan. O‘shandan beri 600 dan ortiq tashkilot va jismoniy shaxslar taqiqlanganlar ro‘yxatiga kiritildi. «Chet el agentlari» jismoniy shaxslar reyestri 2022 yil aprel oyi boshida ishga tushirilgan bo‘lib, «chet el agentlari» - NNTlar, «chet el agentlari» - ommaviy axborot vositalari va ro‘yxatdan o‘tmagan «chet el agentlari» - tashkilotlar ro‘yxati bilan bir qatorda to‘rtinchi ro‘yxat bo‘ldi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025