Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) direktorlar kengaşi yangi 48 oylik kengaytirilgan moliyalaştiriş dasturi (EFF) doirasida Ukrainaga 15,6 milliard dollar (14,4 milliard yevro) ajratişni ma’qulladi. Bu mablağ Kiyevga umumiy qiymati 115 milliard dollar (106 milliard yevro) bölgan yangi qöllab-quvvatlaş paketi doirasida taqdim etiladi, deb xabar qildi XVJ matbuot xizmati 31 mart, juma kuni. Şu bilan birga, fond ijroiya kengaşi Ukrainaga zudlik bilan 2,7 milliard dollar (2,5 milliard yevro) ötkazişga ruxsat berdi.

Mablağlar Ukrainaning fiskal, taşqi, narx va moliyaviy barqarorligini qöllab-quvvatlaş, uning iqtisodiy tiklanişiga hissa qöşiş, şuningdek, institutlarni uzoq muddatli uruşdan keyin mustahkamlaş va Kiyevning YeIga kirişga intilişi uçun möljallangan.

EFF mexanizmini tasdiqlaş xalqaro donorlar va Ukraina hamkorlaridan keng kölamli imtiyozli mablağlarni jalb qilişi kutilmoqda. Bu qadam, öz navbatida, Ukrainaning tölov balansi muammosini hal qilişga, qarz barqarorligini tiklaşga yordam berişi, şuningdek, islohotlarga hissa qöşişi kerak.

Dastur ikki bosqiçni öz içiga oladi. Birinçisi, 2023 va 2024 yillarda joriy yil uçun budjet barqarorligi, daromadlarni köpaytiriş, valuta kursi barqarorligini ta’minlaş, tegişli valuta zaxiralarini saqlaş va Ukraina Milliy bankini mustahkamlaşga e’tibor qaratiladi.

Ikkinçi bosqiçda e’tibor Ukrainaning yanada tarkibiy islohotlariga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlaşga, uruşdan keyingi dastlabki rekonstruksiyaga va uzoq muddatli ösişga qaratiladi, şu jumladan, mamlakatning YeIga kiriş maqsadlari kontekstida.

Uşbu kredit Ukraina uçun Rossiya tomonidan unga qarşi keng kölamli uruş boşlanganidan beri eng katta kredit böladi va XVJ tomonidan uruş holatida bölgan mamlakatga birinçi bunday keng kölamli moliyaviy yordam paketiga aylanadi.

Ukrainadagi uruşning oqibati, şuningdek, dunyo davlatlari tomonidan pul-kredit siyosatining keskinlaşuvi 2023 yilda global iqtisodiy ösişning 3 foizdan kam bölişiga olib keladi. Bunday prognozni XVJ rahbari Kristalina Georgiyeva 30 mart kuni Boao Osiyo forumida aytib ötgandi.

«Jahon iqtisodiyoti ança vaqtdan beri notinç muhitda bölib, şok ortidan şokni boşdan keçirmoqda. Biz 2023 yilni yana bir qiyin yil bölişini kutmoqdamiz», dedi u.