Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yulduz Usmonova: “Oldin ko‘p unvon olgansan, deyishadi. Meni unvonlarim bilan qo‘shib qon qustirishgan”
Qo‘qonda “Konstitutsiya o‘zimizniki” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova so‘zga chiqib, mashinasida joynamoz topilgani uchun bir yarim oy hisob bergani hamda og‘ir kunlarni boshdan o‘tkazgani haqida gapirdi.
“Oldin mening boshim g‘amdan chiqmas edi. Xalqning haqqini talab qilib ham boshimda yong‘oq chaqilgan. Men tengilar biladi buni. Har kim dinini kuylagisi, dinida yashagisi keladi. Lekin u paytda qiyin edi. “Iymon” ashulasini aytmayman deb so‘z berdim, imzo qo‘ydim. Balki 3-4 yil sahnaga chiqmasman, ammo aytaman degandim, ancha yil chiqmay ketdim.
Haqiqat bor, lekin haqiqatni himoya qilsang bor. Ro‘shnolik, omon-omonlik bor, agar sen u uchun kurashsang, qiymatini bilsang bor. Siz o‘sha payti rosa unvonlar olgansiz-ku, deyishadi. Meni unvonlarim bilan qo‘shib, qon qustirishgan.
Deputatlik paytimda farg‘onalik bir deputat odam oldimda o‘tirardi. “7 oydan beri xalq oylik olmayapti”, deganidan keyin o‘ligini ham, tirigini ham ko‘rmadim shu odamning.
Mashinamda joynamoz ko‘rib qolishgani uchun bir yarim oy hisob berganman. Do‘ppi kiyganning ham boshi baloga qolgan. Nechta odam yetmadi bugungi kunga. Nechtasi tuhmatlarga qolib, Qoraqalpog‘istonning cho‘lidagi qamoqxonada yo‘q bo‘lib ketdi. Namoz o‘qigani uchun tuhmatga qolgani qancha. Bugun masjidlarimizda azon o‘qilyapti. Azon chaqirilgan yurtda barokat doim bo‘ladi. Bugun erkin nafas olyapmiz. To‘g‘onni birdan ochib yuborsa, toshqin bo‘ladi. Sekin-sekin bersa, inson ozodlikka o‘rganadi.
Hayotda kamchiliksiz hech bir davlat yo‘q. Lekin bugun erkinligimizning qiymatini bilaylik. Mozorimiz ham, bozorimiz ham shu yerda. Shuning uchun, bu kunlar – erkinlik, odillik bizga kerak”, — dedi Yulduz Usmonova.
Xalq artisti konstitutsiyaviy islohotlarga befarq emasligini ta’kidlab, jamoatchilikni referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Targ‘ibot tadbirlari hududlarda davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mers Trampning Ukraina uchun qurol bo‘yicha tashabbusini olqishladi
Jahon | 11:09
-
Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotgan zapravkaga nisbatan chora ko‘rildi
Jamiyat | 11:06
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 10:53
-
Zelenskiy Shmixalni Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga taklif qildi
Jahon | 10:21
Mavzuga oid

21:49 / 26.02.2025
Tramp tarafdorlari Konstitutsiyani o‘zgartirishni rejalashtirmoqda

18:14 / 11.12.2024
Konstitutsiyaviy sud prokurorlarning ikkita vakolatini bekor qilishga chaqirdi

07:03 / 27.08.2023
Mustaqillik bayrami arafasida ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalari xodimlari mukofotlandi

15:38 / 10.04.2023