«Mançester Siti» va «Liverpul» jangi sönggi yillarda brendga aylandi. Muxlislar çempionlik uçun aynan şu ikki jamoa asosiy da’vogar bölişiga könikib qolgan, ularning töqnaşuvlari esa tomoşabopligi va futbol sifati böyiça hatto ispan klasikosini ortda qoldira boşlagan.
Ammo bu mavsumda barçasi biroz boşqaçaroq. Pep Gvardiola birinçi örin uçun kuraşni davom ettirmoqda, Yurgen Kloppda esa jiddiy muammolar bor: bir yil muqaddam «Liverpul» oxiriga qadar barça sovrinlar uçun da’vogar bölib turgan bölsa, hozir esa mavsum arafasida qölga kiritilgan va barçaning yodidan çiqib ulgurgan — Angliya Superkubogi bilan kifoyalanmoqda.
Ammo qizillarda kuraşiş uçun maqsad bor: kuçli törtlikdagi örin. Ma’lumki, APLda bu örin titulga teng, «Liverpul» esa hozirça Çempionlar ligasiga yöllanma beruvçi örinlardan ança yiroqda. Bundan ham yomonroği, ataylab qilingandek, jamoa uçun taqvim juda noqulay: «Siti» bilan öyin ortidan qizillarni «Çelsi» va «Arsenal» bilan bahslar kutmoqda.
Matbuot anjumanida qiyin taqvim mavzusi haqida gapirar ekan, Klopp yumor qilişga harakat qildi — u bu qiyin öyinlar seriyasini «Liverpul» allaqaçon çiqib ketgan Çempionlar ligasidagi taqvimga öxşatdi.
Qizillar çempionatning joriy mavsumida kuçsiz jamoalarga oçko ulaşgan bölsa-da, «katta oltilik» vakillariga qarşi öyinlarda munosib harakat qilgan.
Klopp bu öyinda «Siti»ni birinçi davrada mağlub etişga yordam bergan modelni tanladi: töpga egalik qiliş da’vosidan voz keçilib, töpsiz harakatlanganda 4-4-1-1 sxemasiga ötildi, mudofaa çiziği oldinroqda joylaşdi va yuqori pressing amalga oşirildi, şuningdek keskin qarşi hujumlarga tayanildi. Qizillar böş hududlarni topişni uddalaşdi va 17-daqiqada Jota Saloh bilan birgalikda raqib himoyasini darvozadan ança oldinga ötib ketgani uçun jazoladi.
Mavzuga oid
Pepni bunday start doğda qoldira olmadi. Uni Holand jarohat olib safdan çiqqani ham dovdirata olmagandi — norvegiyalik hujumçi terma jamoalar uçun ajratilgan tanaffus vaqtida safga qaytişga ulgurmadi va öyinni tribunada tomoşa qildi, asosiy tarkibda esa Alvares tuşdi. Bu yöqotiş jamoa muxlislarini xavotirga solişi mumkin edi. Alvares jahon çempioni, ammo u umuman Holand tipidagi hujumçi emas. Lekin «Liverpul» bilan öyin şuni körsatdiki, Gvardiola «aldamçi töqqizlik» bilan öynaşni unutib yubormagan.
Alvares vingerlardan orqaroqda harakat qildi, ayrim holatlarda esa töpni yoki pasni qidirib maydon markazigaça tuşdi. Oxir-oqibat argentinalik futbolçining bunday harakatlari öyin natijasiga ta’sir körsatdi, ammo bu ikkinçi bölimda röy berdi.
Tanaffusga qadar esa «Siti»ning asosiy qahramoni Griliş böldi. Hisob 0:1 ekanida Jyek öz jarima maydoniga fantastik tezlikda yetib kelib, Salohni golli vaziyatdan mahrum qildi, bir daqiqa ötib esa Angliya terma jamoasi yarimhimoyaçisi Alvaresga assistentlik qildi.
Birinçi bölimda durang hisob qayd etildi, ammo «Siti»ning ustunligi sezilarli darajada edi. Bölim oxiriga kelib Gvardiola Klopp öylagan barça ğoyalarni tuşunib oldi, tanaffus vaqtida murabbiyga quloq solgan futbolçilar esa işga kirişişdi. Alvares porladi: 46-daqiqada aynan uşbu argentinalik içkaridan turib Mahrezga ajoyib pas uzatdi, jazoirlik futbolçi esa De Bryuynega assistentlik qildi. Biroz ötib Hulian «Liverpul» himoyasini doğda qoldirib zarba berdi, darvozabondan qaytgan töpni esa Gundöğan darvoza töriga joylab qöydi.
Ketma-ket gollar tufayli mehmonlarda barçasi çippakka çiqdi, ammo Klopp negadir futbolçilarni almaştirişga şoşilmadi. Faqat 70-daqiqaga borib u bir vaqtning özida tört futbolçini maydonga taşladi — bunday harakat esa hamişa tavakkalçilik hisoblanadi. Ayrim vaziyatlar kuzatilgan bölsa-da, amalda ularning heç biri öyinga sifat qöşa olmadi. Öyindagi vaziyatlar hujumdagi öylangan rejalar tufayli emas, individual mahorat tufayli yuzaga keldi. Saloh ham almaştirilgaç esa «Liverpul»ning oldingi çiziqdagi harakatlari umuman xira tus oldi.
«Siti» esa bosim qilişda davom etdi va 74-daqiqada öyinga amalda nuqta qöyuvçi mantiqiy gol urildi — jamoada eng yaxşi öyinlaridan birini ötkazgan Griliş özi haqli bölgan golni urdi.
4:1 — «Liverpul» Çempionlar ligasidan uzoqlaşişda davom etmoqda, «Siti» esa çempionlik poygasida qoladi.
«Arsenal» maydonga «Mançester Siti»ning yorqin ğalabasidan xabardor holda çiqib keldi va öyin startida londonliklar öyinida bosim sezildi. «Lids» bir neça bor Ramsdeyl qöriqlayotgan darvoza atrofida keskinlik yuzaga keltirdi, amo «kanonirlar» öz öyinini namoyiş etişda davom etdi va qatorasiga 14-uy uçraşuvida raqib darvozasini işğol etişdi. Gabriel Jyezus raqib jarima maydoni içida himoyaçilarning boşini aylantirib taşladi va penalti işladi. Jamoaning ştatdagi penaltiçisi, sardor Edegor esa unga 11 metrlik jarima zarbasini ijro etiş imkoniyatini taqdim etdi va braziliyalik hujumçi jarohatdan qaytganidan keyin ilk golini urdi.
Sardorning harakati — jamoadagi soğlom muhitdan darak beradi. Bunday muhit mezbonlarga tanaffusdan keyin kur ikkinçi bölimda mezbonlar quvnoq öyin körsatişiga yordam berdi. Amalda öyin masalasini Zinçenko va Gabriel Martinellining çap qanotdagi kombinatsiyasidan keyin öng qanotda darvoza qarşisida paydo bölgan Uaytning zarbasi hal qildi. Öyinning bezagi esa uçinçi gol urilgan hujum böldi, bu hujum davomida Jyezus töpni uç himoyaçi orasidan ötkazib jarima maydoniga kirib borgan Trossarga yetkazib berdi, belgiyalik futbolçi esa töpni qulay vaziyatga oçilgan hujumçining öziga qaytardi.
Öyin qahramoni almaştirilayotgan vaqtda «Emireyts» uni olqişladi — jamoaning uşbu muhim futbolçisi mavsumning eng muhim pallasiga ideal holatda yetib keldi. «Arsenal» «Siti»ga imkon qoldirmayapti va Arteta boşqaruvida ilk bor APL öyinlarida qatorasiga yetti ğalabaga erişdi. Jamoa haqiqiy çempionlarça grafikda ketmoqda.
«Stemford Brij»dagi öyinning ilk daqiqalarida Mudrik nihoyat Angliyadagi ilk golini nişonlaşi mumkin edi. Ammo u darvozabon va himoyaçilar bir-birini tuşuna olmagan vaziyatdan foydalana olmadi, Emiliano Martines töp uzatişdagi xatosini töğrilab, JÇ finalida Kolo Muani bilan bölgani kabi seyv ijro etdi. Bölim davomida u Mudrik bilan yakkama-yakka vaziyatda yana jamoasini qutqardi. Mezbonlar uning darvozasini baribir işğol etişganida ham u «Aston Villa» futbolçilarini ruhlantirişda davom etdi, qolaversa Çiluell urgan gol vaziyatga VAR aralaşuvi bilan bekor qilindi, himoyaçi zarba berişdan oldin Yangga fol işlatgani ma’lum böldi.
Unai Emeri jamoasi köp hujum qilmadi, ammo hujumlarni yakunlaşda maksimal darajada samarali harakat qildi. Kukurelya töpni boş bilan darvozabonga qaytarişda xatoga yöl qöydi va töpga ega çiqqan Uotkins uni osonlik bilan Kepaning ustidan oşirib taşladi. Ikkinçi bölimda esa Makginn jarima maydoni taşqarisidan yöllagan zarbasi bilan jamoasi ustunligini mustahkamladi, uşbu yarimhimoyaçining birinçi bölimda, hisob 0:0 holatida bergan zarbasi darvoza tösiniga tekkandi.
Mehmonlarga ikkinçi golning hojati bölmasligi ham mumkin edi, Grem Potter boş murabbiylikka tayinlanganidan buyon «Çelsi» öz uyida birinçi bölim gol ötkazib yuborgan tört öyinda ham yutqazgan. Endilikda köklar turnir jadvalining ikkinçi qismiga tuşib ketişdi, jamoa muxlislari uçun bu öyindagi yagona yoqimli vaziyat avgust oyidan buyon maydonga tuşmagan Kantening qaytişi böldi. Emerining tayinlanişi esa «Villa»ning natijalarini butunlay özgartirgan. Ispaniyalik mutaxassis kelganidan buyon jamoa 15 öyinda 29 oçko jamğargan va bu borada faqat «Arsenal» va «Man Siti»dan ortda (fevralda birmengemliklar ketma-ket turlarda uşbu ikki jamoaga yutqazgandi).
«Barselona»dagi kadrlar muammosini Xavi tayanç zonasiga himoyaçi Erik Garsiyani tuşirgani yaqqol körsatadi. Şu bilan birga, la liganing sönggi örindagi jamoasi bilan bunday tajribalar amalga oşiriş xavfli emas. Qolaversa, 23 fevraldan buyon gol urmagan Levandovski tezkor gol urdi. Şu bilan birga, uşbu polyak hujumçisi mavsumda yetti öyinda hisobni oçgan futbolçi sifatida yetakçilik qilmoqda.
Bu oqşomda gol uriş hammadan köra Fatiga kerak edi. Otasining mojaroli intervyusidan keyin kök-anorranglilarning 10-raqamli futbolçisi töpni özi raqib jarima maydoniga olib bordi va darvoza burçagini aniq nişonga olib, nihoyat çin dildan tabassum qildi. Ansu uçun bu yanvar oyidan buyon ilk gol edi, la ligada esa u oxirgi bor ötgan yilning oktyabr oyida raqiblar darvozasini işğol etgandi.
Yangiliklar lentasining yana bir qahramoni — epizodlardagi qaltis taşlanişlari uçun tanqid qilinadigan Gavi — pressingda naqadar muhimligini körsatdi va Levandovskining ikkinçi goliga sababçi böldi. «Barsa» keyingi yakşanba kuni «Real»ga qarşi hal qiluvçi öyin oldidan oradagi farqni 15 taga yetkazib qöydi (madridliklar 27-tur öyinini bugun «Valyadolid»ga qarşi ötkazadi).
Bu öyinda barça masala hal qilib bölinganidan keyin Xavi asosiy jamoaga ilk bor çaqirilgan 19 yoşli Garridoni maydonga tuşirişga haqli edi. Murabbiy uşbu ösmir futbolçi öz uzatmalari bilan jarohatdagi Pedrining örnini bilintirmay turişi mumkinligini aytmoqda.
«Inter» yana muxlislar hafsalasini pir qildi va qariyb bir oydan buyon ğalaba qozona olmayapti. Bu davrda xursand qiladigan yagona xursandçilik — «Portu» bilan golsiz durangdan keyin Çempionlar ligasining çorakfinaliga yöl oçilişi böldi. Milliy birinçilikda esa «neradzurri» qatorasiga uç öyinda mağlub böldi, «Fiorentina» esa raqib öyinidagi pasayişdan foydalanib, bu jamoani olti yil içida ilk bor mağlubiyatga uçratdi. Öziga juda yaxşi taniş bölgan stadionda hal qiluvçi golni «Milan»ning sobiq yarimhimoyaçisi Bonaventura urdi. «Binafşaranglar» Simone Indzagini ranjituvçi jamoalar portretiga mos tuşadi — milanliklar sönggi ön turdagi beş mağlubiyatni turnir jadvalida oltinçi örindan pastda joylaşgan va ayni vaqtda yevrokuboklarga yöllanma beruvçi hududda bölmagan jamoalardan qabul qilib olgan.
Yuventus — Verona 1:0 Gol: Ken (56).
Yuventus – Şçensni, Danilo, Bremer, Gatti, De Şilo, Kuadrado (Kostiç, 66), Lokatelli, Fajoli, Barreneçea (Miretti, 46), Milik (Di Mariya, 60), Ken (Vlahoviç, 60).
Ogohlantirişlar: Depaoli (44), Gayç (58), Ken (59).
Massimiliano Allegri «Inter»ga qarşi keçadigan Italiya kubogi yarimfinal öyinini yoddan çiqarmagan holda kuçsiz raqibga qarşi öyinda Di Mariya, Vlahoviç, Kostiç va Aleks Sandroni zaxirada qoldirdi. Birinçi bölim
yakunida vaziyatlardan foydalanişdagi muammolarni ham qisman şu bilan izohlaş mumkin. Ammo maydonga çiqqanlar, jumladan şu kuni «Yuventus» safida 300-öyinini ötkazgan Kuadrado futbolçilar almaştiriş boşlanguniga qadar vazifani uddalaşdi. Yana «Verona» darvozasiga ğalaba golini urgan Moyze Kinda esa xato qiliş huquqi yöq edi, çunki Lokatelli töpni unga juda qulay qilib yetkazib berdi. Uç kundan keyin keçadigan öyinda «Keksa sinora»da ikki yarim hafta içida «Inter» ustidan ikkinçi ğalabaga erişiş uçun imkoniyat bor.
Kun statistikasi
1 futbolçi Xosep Gvardiola jamoasiga ikki raqamda ifodalanadigan gollar urib bölgan. «Liverpul» forvardi Saloh uşbu jamoaga urgan gollar soni 11 taga yetdi.
«Liverpul» APLda joriy yil boşidan buyon 10 öyindan 5 tasida yutqazdi. Jamoaning ötgan mavsumdagi jami mağlubiyatlari soni şunça bölgandi.
Gvardiola Kloppni 11-bor mağlub etdi. Yurgenda ğalabalar soni 12 ta.
«Sevilya» hujumçisi An-Nosiriy JÇ-2022 turniridan keyin barça turnirlar doirasida urgan gollari sonini 11 taga yetkazdi. La ligada bu davrda bundan köproq golni faqat «Real» forvardi Benzema urgan (13).
«Kristal Pelas» Roy Hojson qaytgan öyinning birinçi bölimida «Lester» darvozasiga 20 bor zarba yölladi. Bu turnirda joriy mavsum rekordi hisoblanadi va APLda 2015 yildan buyon eng yaxşi körsatkiç.