AQŞ Milliy aeronavtika va fazoni tadqiq qiliş boşqarmasi (NASA) sönggi 50 yil içida birinçi marta Oyga parvoz qiladigan tört astronavt nomini e’lon qildi. Ulardan biri Kristina Kox böladi, u Oy missiyasida qatnaşadigan birinçi ayol astronavtga aylanadi, deb xabar berdi NASA 3 aprel, duşanba kuni.
Koxdan taşqari, «Artemida II» deb nomlangan missiyaga «Orion» kosmik kemasi ekipaji komandiri Rid Uayzman, Jyeremi Xansen va Oy missiyasida qatnaşadigan birinçi afro-amerikalik Viktor Glover kiradi. Parvoz 2024 yil oxiri yoki 2025 yil boşiga rejalaştirilgan. «Artemida II»ning 10 kunlik parvozi doirasida Oyga qöniş közda tutilmagan, biroq NASA ta’kidlaşiça, ekipaj kelajakdagi missiyalar uçun Yer sun’iy yöldoşi yuzasiga qönişga yöl oçadi.
NASA'ning birinçi Oy dasturi 1961-1972 yillarda amalga oşirilgan. U boşqa yunon xudosi - Apollon nomini oldi. Missiya bir qismi sifatida insoniyat tarixida Oyga birinçi qöniş amalga oşirildi, dastur doirasida jami 6 ta kosmik parvozlar Oyga qöngan holda bajarildi.
Ekipaj komandiri Uayzman NASA astronavtlar boşqarmasining sobiq rahbari bölib, 2015 yilda Xalqaro kosmik stansiyaga missiyada qatnaşgan. Kanada fuqarosi Xansen Kanada Qirollik harbiy-havo kuçlarining sobiq qiruvçi-uçuvçisi. Uning uçun bu koinotga birinçi parvoz böladi.
Kristina Kox 2013 yildan beri NASA astronavti. U Xalqaro kosmik stansiyada (XKS) bort muhandisi bölib bir qança missiyalarda işlagan. U ayol kişining koinotda eng uzoq qolişi böyiça rekordçi - 328 kun. 2019 yilda u birinçi töliq ayollardan iborat tarkibda oçiq kosmos çiqişda iştirok etgan.
Viktor Glover 2013 yilda, AQŞ Senatida xizmat qilganidan söng NASA'ga qöşilgan. Glover özining birinçi parvozini 2020 yilda amalga oşirgan, Xalqaro kosmik stansiyada bort muhandisi va 2021 yilda SpaceX'ning Crew-1 kosmik kemasi ikkinçi qömondoni bölib işlagan.

















