Sankt-Peterburgdagi kafeda «harbiy muxbir» Vladlen Tatarskiyning ölimiga sabab bölgan portlaşga aloqadorlikda gumon qilingan 26 yoşli Darya Trepova qölga olindi. Rossiya IIV tomonidan e’lon qilingan videoda u Tatarskiy bilan uçraşuvga haykalça olib kelganini tan oladi. Taxminga köra, unda portlovçi moddalar bölgan.

Foto: JJ.OOEE/VK

«Sankt-Peterburgdagi kafeda sodir bölgan portlaşga aloqadorlikda gumon qilinib, RTQ xodimlari tezkor xizmatlar bilan birgalikda Darya Trepovani qölga oldi. U bilan zarur tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat sabablari aniqlanmoqda», deb xabar berdi Rossiya Tergov qömitasi (RTQ).

Içki işlar vazirligi aniqlik kiritişiça, Trepova ijaraga olingan kvartirada uşlangan. Mahalliy OAVga köra, u Özbekistonga çiqib ketişni rejalaştirib, çipta sotib olgan.

Şuningdek, idora qiz kafega haykalça olib kelgani tasvirlangan videoni ham taqdim etdi. Undan bu haykalçani kim berganini söraşganda, u keyinroq aytaman deb javob qaytaradi.

Milliy aksilterror qömitasi (MAQ) kafedagi portlaşni terrorçilik harakati sifatida baholadi. Qömita ma’lumotlariga köra, «Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan Navalniyning Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi bilan hamkorlik qilgan şaxslardan agentlarni jalb qilgan. Hibsga olingan Trepova ularning faol tarafdori bölgan».

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham voqeani terakt deb atadi. Peskovning sözlariga köra, bu Kiyev tomonidan taşkil etilgan bölişi mumkin. «Kiyev rejimi terrorçilik harakatlarini qöllab-quvvatlaydi va, ehtimol, 2014 yildan beri köplab boşqa odamlar kabi Vladlen Tatarskiyning öldirilişi ortida turgandir – şuning uçun ham «maxsus operatsiya» ötkazilmoqda», dedi u.

Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Mixaylo Podolyak bir kun avval Sankt-Peterburgdagi portlaşda Kiyevning aloqasi borligini rad etib, buni «içki terrorizm» deb atagandi.

Öz navbatida, Aleksey Navalniyning şerigi Ivan Jdanov Rossiya rasmiylarining terakt va Navalniy tuzilmalarining bunga aloqadorligi haqidagi bayonotlarini «kutilgan gaplar» deb atadi.

«Tabiiyki, biz bu bilan şuğullanmaymiz», deb yozdi Jdanov öz telegram-kanalida. «Ular uzoq vaqtdan beri terrorizmni bizga tönkamoqçi bölişyapti. Va yaqin kelajakda Navalniy ustidan sud böladi. Albatta, ular Navalniyga maksimal uzoq muddat berişni rejalaştirmoqda va terrorizm ayblovi buning uçun juda qulaydir».