Ötgan hafta soliq organlari foyda soliğidan avansni noqonuniy tarzda hisoblab, tadbirkorlar hisobidan ortiqça mablağ yeçib olgani keskin e’tirozlarga sabab böldi. Natijada 5 nafar mulozim, xususan Soliq qömitasining departament boşliği va poytaxtning boş soliqçisi jazoga tortildi, ortiqça undirilgan pullar zudlik bilan qaytarilişi aytildi.

Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonov bu holat “texnik xatolik” natijasida yuzaga kelganini aytdi.

Soliq qömitasi 28 mart kuni 352ta korxonaga ortiqça undirilgan 27,1 mlrd söm soliq qaytarilganini ma’lum qildi.

Biroq “texnik kamçilik” tufayli yuzaga kelgani aytilgan noqonuniy soliq undiriş tadbirkorlarning soliqqa oid boşqa oğriqlarini ham qözğadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalardan keyin Kun.uz tadbirkorlardan ularni qanday masalalar qiynayotgani haqida söradi. Quyida ularning fikrlarini taqdim etamiz. Tadbirkorlar soliqçilar bilan muammo tuğilmasligi uçun anonim qolişni afzal körişdi.

Soliq organlari qarz söradi...

“Firmamiz oçilganiga köp bölmagan. Birinçi iş boşlaganimizda termoprinterlar orqali işladik, kassa apparatimiz yöq edi. Jarimaga tortilganimizdan keyin darhol internetdan qidirib, “Arca Group”ga murojaat qilib, 3,5 mln sömga “Tinda” kassa apparatini sotib oldik. Ularning xodimi apparat qanday işlaşini tuşuntirdi. “Oyiga 100 ming sömdan tölab turasizlar, ortiqça pul tölanmaydi” dedi. Biz har bir xaridni kassa apparatga urişni boşladik. Ammo 2023 yil mart oyida kassa apparatini işlatganimiz uçun 66 mln söm qarzdorlik yozilgan. Qanday bunday bölişi mumkin deb öyladim. Aniqlaşimizça, kassa apparatni sotişganda sozlamalarida nimadir notöğri sozlangan. Buxgalterim “oldingi faoliyatimda ham şunday bölgan, korrektirovka qilib töğrilab beraman, ammo buning uçun soliq organi bizga dostup oçişi kerak” dedi. Öşa kuniyoq şaxsiy kabinet orqali xat jönatdik, ertasiga soliq organiga bordik.

Soliq organlari xodimlari şunday deyişdi: “Vaziyat oğir, soliqdan katta qarzdorliklar bor. 66 mln sömni tölab turinglar, sizlarga oldindan tölov sifatida yoziladi. Yoki 4-5 oyda pulingizni qaytarib beramiz. Hozir heç qanaqasiga sizlarga dostup oçib bera olmaymiz, bu soliqdan keça olmaymiz”.