Prezident Şavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni Fransiya prezidentining maslahatçisi Izabel Dyumonni qabul qildi. Uçraşuvda oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari va ikki mamlakatning har tomonlama şerikligini kengaytiriş istiqbollari körib çiqildi.
Uçraşuvda faol siyosiy muloqotlarni davom ettiriş, özaro savdo hajmini oşiriş, Fransiyaning yetakçi kompaniya va banklari bilan «yaşil» energetika, qazib çiqariş, qişloq xöjaligi, töqimaçilik, suv ta’minoti tizimini, transport va turizm infratuzilmasini modernizatsiya qiliş kabi yönalişlarda birgalikdagi yirik loyihalarni ilgari suriş muhimligi alohida ta’kidlandi.
Parij şahridagi Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutidagi madaniy tadbir va körgazmalar muvaffaqiyatli ötgani yuksak baholandi. Özbekiston maktablarida fransuz tilini örganişni kengaytiriş masalalari ham körib çiqildi.
Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almaşildi.

















