Hukumat qarori bilan bino (inşoot) va xonalarning yonğin xavfsizligi talablariga muvofiqligi töğrisida xulosa beriş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Bino (inşoot) va xonalar yonğin xavfsizligi talablariga muvofiqligi töğrisida xulosa Favqulodda vaziyatlar vazirligi davlat yonğin nazorati organlari tomonidan Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.
Ariza beruvçi (jismoniy yoki yuridik şaxs) DXMga özi kelib yoki YaIDXP orqali röyxatdan ötgan holda murojaat qiladi. Sörovnoma kelib tuşgaç, vakolatli organ bino va xonalarni 10 iş kuni içida normativ-huquqiy hujjatlarga va texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarga asosan joyiga çiqqan holda körib çiqadi.
Davlat xizmati körsatilgani uçun BHMning 10 foizi (30 ming söm) miqdorida yiğim undiriladi. YaIDXP orqali murojaat etilganda mazkur miqdor 27 ming sömni taşkil etadi. Jismoniy şaxslar YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, sörovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaş talab etilmaydi.
Qaror bilan radiotexnik inşootlarni örnatiş va ulardan foydalaniş uçun sanitariya pasportini beriş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Bunda radiotexnik inşootning sanitariya pasporti aholi yaşaş joylari istiqbolli rivojlantirilişi hamda sanitariya muhofaza zonasi özgarişi inobatga olingan holda 3 yil muddatga beriladi.
Sörovnoma kelib tuşgaç, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi va uning hududiy boşqarmalari 14 kun muddatda radiotexnik inşootlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini joyiga çiqqan holda körib çiqadi.
Davlat xizmati körsatilgani uçun BHMning 2 baravari (300 ming söm) miqdorida yiğim undiriladi.

















