Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Inson huquqlari böyiça kengaşi köpçilik ovoz bilan Ukrainada Rossiya harbiy harakatlari paytida sodir etilgan uruş jinoyatlarini aniqlovçi tergovçilarning vakolatini bir yilga uzaytirdi.
28 davlat Ukrainadagi voqealarni tekşiriş böyiça Mustaqil xalqaro komissiya mandatini uzaytirişni qöllab-quvvatladi, 17 davlat betaraf qoldi, ikki davlat qarşi ovoz berdi.
Komissiyaning mart oyidagi hisobotida aytilişiça, Ukrainada Rossiya qöşinlari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, jumladan, qiynoqlar va energetika infratuzilmasiga hujumlar insoniyatga qarşi jinoyatlar sifatida baholanişi mumkin.
Şuningdek, komissiya 16 mingga yaqin bola Ukrainadan Rossiyaga noqonuniy olib çiqib ketilganini aniqlagan.
Avvalroq Qöşma Ştatlar öz işida Ukraina qonunçiligiga amal qiladigan Rossiya agressiyasi böyiça xalqaro tribunal taşkil etiş tarafdori ekani xabar qilingandi.
«AQŞ Ukrainaga qarşi bosqinçilik jinoyati böyiça xalqaro sud şaklida maxsus tribunal taşkil etilişini qöllab-quvvatlaydi, bu sud Ukrainaning xalqaro elementlarga ega huquqiy tizimiga asoslanişi kerak», dedi AQŞ Davlat departamenti matbuot kotibi örinbosari Vedant Patel jurnalistlarga.
Patelning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar tribunal keng xalqaro qöllab-quvvatlovga, ayniqsa yevropaliklar tomonidan ega bölişi va «ideal holda» Ukrainada emas, balki Yevropa davlatlaridan birida joylaşgan bölişi kerak, deb hisoblaydi.
Avvalroq, bunday tribunal taşkil etilişini AQŞ davlat kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Viktoriya Nuland izohlagan edi. Uning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar tribunalga öxşaş mexanizm joriy yil yozigaça yaratilişini kutmoqda.

















