Vaşingtonning fikriça, tribunal keng xalqaro yordamga ega bölişi va Ukrainada emas, balki Yevropa davlatlaridan birida joylaşgan bölişi kerak.
Qöşma Ştatlar öz işida Ukraina qonunçiligiga amal qiladigan Rossiya agressiyasi böyiça xalqaro tribunal taşkil etiş tarafdori. Bu haqda 28 mart, seşanba kuni AQŞ Davlat departamenti matbuot kotibi örinbosari Vedant Patel ma’lum qildi. «AQŞ Ukrainaga qarşi bosqinçilik jinoyati böyiça xalqaro sud şaklida maxsus tribunal taşkil etilişini qöllab-quvvatlaydi, bu sud Ukrainaning xalqaro elementlarga ega huquqiy tizimiga asoslanişi kerak», dedi u jurnalistlarga.
Patelning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar tribunal keng xalqaro qöllab-quvvatlovga, ayniqsa yevropaliklar tomonidan ega bölişi va «ideal holda» Ukrainada emas, balki Yevropa davlatlaridan birida joylaşgan bölişi kerak, deb hisoblaydi.
Avvalroq, bunday tribunal taşkil etilişini AQŞ davlat kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Viktoriya Nuland izohlagan edi. Uning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar tribunalga öxşaş mexanizm joriy yilning yozigaça yaratilişini kutmoqda.
2022 yil noyabrida Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini tekşiriş uçun maxsus tribunal yaratiş taklifini Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen bildirgandi. Öşanda u uşbu organ BMT şafeligida va YeIning eng yaqin hamkorlari kömagida tuzilişi kerakligini ta’kidlagan.


















