Qayd etilişiça, Dmitriy Rilov Özbekiston Respublikasi davlat çegarasini kesib ötmagan va şunga köra mamlakatda bölişi mumkin emas.

Avvalroq Rossiya OAV Rilov ayni vaqtda Özbekistonda ekani töğrisida xabar bergandi. 

26 yoşli Darya Trepova 3 aprel kuni Sankt-Peterburgdagi kvartiralardan birida qölga olingan. Qiz Universitetskaya qirğoğidagi kafeda tarğibotçi Tatarskiyning «ijodiy keçasi»ga portlovçi moddalar bilan töldirilgan haykalçani olib kelganlikda ayblanmoqda. Trepova haykalçani Tatarskiyga taqdim etganidan köp ötmay portlaş sodir bölgan. Oqibatda tarğibotçi halok böldi, 30 dan ortiq kişi jarohat oldi. 

Trepova hibsga olinganidan söng haykalçadagi portlovçi moddalar haqida bilmaganini va öziga pand beriş uçun şunday qilinganini aytgan. 

Sankt-Peterburgdagi «harbiy muxbir» Vladlen Tatarskiyning ölimiga sabab bölgan portlaş uçun javobgarlikni «Natsionalnaya respublikanskaya armiya» (NRA) öz zimmasiga oldi. 

Taşkilot bu haqdagi bayonotni «Rospartizan» telegram-kanalida e’lon qildi, uni Ukrainada yaşovçi Rossiya Davlat dumasi sobiq deputati Ilya Ponomaryov ham tarqatdi. 

«Biz 2023 yil 2 aprelda bir guruh Z-faollarga va şaxsan taniqli uruş tarğibotçisi, harbiy jinoyatçi, Vladlen Tatarskiy nomi bilan tanilgan Maksim Fominga qarşi tadbir taşkil qildik va ötkazdik. Bu harakatni biz mustaqil tarzda tayyorladik va amalga oşirdik, bizda heç qanday aloqalar yöq va heç qanday xorijiy tuzilmalardan yoki maxsus xizmatlardan yordam olmaganmiz», deyiladi taşkilot xabarida.