Prokuror Peterburgdagi 2-ğarbiy okrug harbiy sudining sayyor majlisidagi muhokama çoğida rossiyalik uruş tarafdori bloger Vladlen Tatarskiyni öldirişda ayblanayotgan Darya Trepovaga 28 yil qamoq jazosini söradi. Bu haqda 19 yanvar, juma kuni «Mediazona» öz muxbiriga tayanib xabar berdi.

Umumiy rejimdagi koloniyada 28 yilga qöşimça ravişda, prokuratura suddan Trepovaga 800 ming rubl miqdorida jarima solişni söradi - bu davlat ayblovi qiz uçun barça ayblovlar böyiça söralayotgan jami jazo, deb yozadi «Mediazona». 

Trepova bir guruh şaxslar tomonidan inson ölimiga sabab bölgan terakt, portlovçi qurilmalarning noqonuniy savdosi va hujjatlarni qalbakilaştirişda ayblanmoqda. Birinçi moddaga köra, prokuratura uni 19 yilga, ikkinçisi böyiça - 14 yil va 800 ming rubl jarimaga, uçinçisi böyiça - 3 yilga ozodlikdan mahrum qilişni söradi.

Kvartirasida qiz qölga olingan Dmitriy Kasinsev Trepova bilan birga sudlanmoqda. Kasinsev öta oğir jinoyatni yaşirişda ayblanmoqda. Prokuror unga bir yil-u 10 oy umumiy rejimdagi koloniya jazosi berişni söradi.

Trepova aybini tan olmadi 

Birinçi sud majlisida Trepova «terrorçilik harakati» va «portlovçi qurilmalarning noqonuniy savdosi» moddalari böyiça aybini tan olmasligini aytdi. Trepova «hujjatlarni qalbakilaştiriş» moddasi böyiça öz aybini töliq tan oldi. 

2023 yil 2 aprel kuni qiz Peterburgdagi Street Food Bar № 1 kafesiga portlovçi moddalar bilan töldirilgan haykalçani olib kelib, Tatarskiyga topşirgan. Portlaşda Tatarskiy halok böldi, 52 kişi yaralandi. Rossiya Tergov qömitasi ma’lum qilişiça, işda 85 kişi jabrlangan. Trepovaning ta’kidlaşiça, u haykalçada nima borligini bilmagan.

Uning sözlariga köra, Tatarskiy bilan tanişiş vazifasini unga Ukrainada yaşovçi jurnalist Roman Popkov va «Geştalt» taxallusi bölgan erkak topşirgan. Trepovaga «ijodiy oqşom»ga Tatarskiy byustini olib boriş yuklangan. Tergov ma’lumotlariga köra, portlovçi moddalar solingan haykalçani Trepovaga ukrainalik Yuriy Denisov bergan.