Jahon | 15:17 / 05.04.2023
7095
3 daqiqa o‘qiladi

Fox News: Tramp 34 ta ayblov bo‘yicha 136 yilga qamalishi mumkin

Trampni 34 ta ayblov bo‘yicha 136 yil qamoq jazosi kutmoqda, ammo haqiqiy muddat ancha kam bo‘lishi mumkin, deb yozadi Fox News. 

Foto: Reuters

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Trump Organization’ning birinchi darajali moliyaviy hisobotlarini soxtalashtirishda 34 ta ayblov bo‘yicha 136 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bu haqda 4 aprel, seshanba kuni Fox News telekanali ma’lum qildi. Shu bilan birga, agar Oq uyning sobiq rahbari ayblovlarning bir qismi yoki barchasi bo‘yicha aybdor deb topilsa, haqiqiy muddat ancha past bo‘lishi mumkin, deya ta’kidladi jurnalistlar.

Biznes yozuvlarini qalbakilashtirish Nyu-York shahrida qonunbuzarlik hisoblanadi, ammo jinoyatchi buni «boshqa jinoyat sodir etish yoki uni yashirishga yordam berish» uchun qilgan bo‘lsa, bu maksimal to‘rt yillik qamoq jazosi bo‘lishi mumkin. 

Nyu-York okrugi prokurori Elvin Bregga ko‘ra, saylovda nomzodni noqonuniy yo‘llar bilan ilgari surish jinoyati ham kun tartibiga chiqishi mumkin. Bundan tashqari, soliq organlariga bir qancha yolg‘on bayonotlar berish rejalashtirilgan. Nihoyat, federal saylov qonunchiligining boshqa qonunbuzilishlariga ham yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin, dedi u. 

«130 ming dollarlik asl maxfiy to‘lovni yashirish uchun Nyu-Yorkdagi biznes yozuvlariga jami 34 ta noto‘g‘ri yozuv kiritilgan», — deya qo‘shimcha qildi Bregg.

Nyu-Yorkdagi Manhetten sudi 4 aprel kuni AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga ayblov e’lon qildi. Sud majlisida Tramp aybini tan olishdan bosh tortdi. 

Bu AQSh tarixida birinchi marta sobiq davlat rahbariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilishidir. AQSh sobiq prezidenti rasman hibsga olingan holda sudda ikki soatcha vaqt o‘tkazdi, shundan so‘ng u sud binosini tark etdi. 

Tergovchilarga ko‘ra, 2015 yil avgustidan 2017 yil dekabrigacha Tramp «boshqalar bilan birgalikda 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga ta’sir qilish sxemasini, e’lon qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik va saylov istiqbollari uchun imtiyozlar olish maqsadida o‘zi haqidagi salbiy ma’lumotlarni aniqlash va «sotib olish» yo‘li bilan tashkil qilgan». Shu bilan birga, Tramp «biznes hujjatlariga o‘nlab yolg‘on yozuvlar kiritish» orqali bu harakatlarini yashirishga uringan.

Trampga qarshi ayblovlarning markaziy epizodlaridan biri - aktrisa Stormi Denielsning ishi. Ayblov xulosasiga ko‘ra, prezidentlik saylovlaridan biroz oldin Denielsga Donald Tramp bilan yaqin munosabatlarini oshkor qilmasligi uchun 130 ming dollar to‘langan. 

Mavzuga oid