Rossiya Ukraina armiyasi tomonidan kutilayotgan qarşi hujum arafasida Ğarbning Ukrainaga harbiy yordamini töxtatiş uçun yadroviy tahdiddan foydalanmoqda, deb hisoblaydi Amerika uruşni örganiş instituti (ISW) tahlilçilari.
Bundan taşqari, ularning hisob-kitoblariga köra, Vladimir Putin va Aleksandr Lukaşenkoning 5-6 aprel kunlari bölib ötadigan uçraşuvi çoğida Kreml «Ğarbning harbiy yoki terroristik tahdididan himoyalaniş bahonasida Belarusni Ittifoq davlati doirasida yanada integratsiyalaşuvga majburlaşga harakat qiladi».
Avvalroq ISW Putin BMTda ğarbga qarşi koalitsiya tuzişga harakat qilayotgani töğrisida xabar bergandi.
«Putin 20-22 mart kunlari Xitoy yetakçisi Si Jinping bilan bölib ötgan uçraşuvlardan dunyoning qolgan davlatlarini Ğarbga qarşi ritorik tarzda birlaştirişga qaratilgan sa’y-harakatlarni kuçaytiriş uçun foydalandi. Rossiya taşqi siyosati konsepsiyasi böyiça yangi hujjat Kremlning mamlakatning Ğarbga qarşi yanada uyğun blokni şakllantiriş uçun birlaşiş böyiça takliflarini kuçaytirişga urinişni qöllab-quvvatlaşga xizmat qilişi mumkin», deyiladi ISW şarhida.
Institut Kremlning yangi konsepsiyasida Ğarb Rossiyaga qarşi va xalqaro beqarorlaştiruvçi kuç sifatida körsatilganini ta’kidlab, AQŞ va uning «satellitlari» göyoki Rossiyani zaiflaştirişga qaratilgan gibrid uruşni boşlab bergani aytilganini qayd etdi.


















