Qanday jasorat kerak?
Öz taqdirini özi hal qila oliş jasorati. “Odamlar nima deydi?” deb öylamaslik jasorati. Biz, şu jumladan men, “qizlarimiz unday qilsin, bunday qilsin”, demasligimiz kerak. Bunga hojat bölmasligi kerak. Ammo ularning jasoratlarini qöllab turişimiz kerak.
Albatta, jamiyatdagi an’analar, ijtimoiy rollar, “ramkalar” özgarmasidan, bunday jasoratni osongina ezib taşlaydiganlar yetarli böladi, deyişingiz mumkin. Xuddi şunday. Ammo dengiz tomçilar yiğindisi bölganidek, jamiyat – individlar yiğindisi. Har kim özidan boşlasa, jamiyat özgaradi.
Xöp, qizlarni jasur va mustaqil qilib tarbiyalaylik dedik. Öğil bolalar-çi?
Öğil bolani ham yoşlikdan ayollarni hurmat qiladigan qilib tarbiyalaşimiz kerak. Özi hurmat körmay umri ötgan onalar tarbiyada alamzada bölmay, aksinça, “öğlim otasi meni ezganidek kelinimni ezmasin”, deyişi kerak.
Otalar öğillari bilan oçiq, kerak bölsa qattiq gaplaşa olişi kerak bu mavzuda. Öğil bola hurmatni otadan örganişi kerak. Afsuski, bizda kamdan kam ota bu haqda öğliga gap oçadi. Köp gaplar muhokama qilinmaydi, içga yutiladi, andişa qilinadi. Natijada fojia bilan tugaşi mumkin.
Men psixolog emasman, tarixçiman, ammo bolalik davrimiz keyingi umrimizga, fe’limizga qançalik ta’sir ötkazişini yaxşi tuşunaman. Tugal mehr va toza idrok bilan ösgan farzand mehribon böladi, öziga işonadi, birovni kamsitmasdan, tökis hayot keçiradi. Kuçli va jasur böladi.
Bunday insonlar yiğindisi bölgan jamiyat ulğaygan jamiyat böladi. Undagi eng yuksak qadriyat – inson qadri böladi. Ulğayişda mukammallikka erişgan jamiyat yöq, çunki hamma joyda manfaatlar töqnaşuvi böladi. Ammo asosida hurmat va umumiy maqsadlar yotgan töqnaşuv hamişa yomon narsa emas.
Bu jarayonlar çambarças boğliq va vaqt ötişi bilan albatta natija beradi. Bitta yaxşi tarbiya olgan erkak soğlom fikrli öğilni, öz qadrini biladigan qizni katta qiladi. Ayolga buyum yoki jinsiy manba sifatida qaramaydigan odamlar paydo bölişi uçun avlodlar ketar, ammo bu imkonsiz emas.
Behbudiy aytgan, adaşmasam: haq berilmas, olinur, deb. Hozirda ba’zi konservativ vatandoşlarimiz nihoyatda hayiqadigan, tinimsiz yomonlaydigan haq-huquqlar, ayollarning haq va erkinliklari aslida asrlar davom etgan kuraş mevalaridir. Bularga erişiş uçun köp ayol-u erkak jonini bergan.
Asosan ğarbda berilgan bu qurbonlar bizga tegişli emas, bu huquqlar bizga kerak emas, deydiganlarga işonmang. Çunki bu qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlardir. Bularga işonmagan odamlar bilan heç qaçon demokratiya haqida jiddiy suhbat qurib bölmaydi, konsensusga kelib bölmaydi.

















