Eron va Saudiya Arabistoni yetti yillik tanaffusdan keyin diplomatik munosabatlarni tiklamoqda. Ikki davlat taşqi işlar vazirlari 6 aprel, payşanba kuni Pekinda bölib ötgan uçraşuvda tegişli kelişuvni imzoladilar.

Elçixonalar va konsulliklar ikki oy içida qayta oçilişi kerak. Eron taşqi işlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Twitter'da saudiyalik hamkasbi Faysal bin Farxon Ol Saud bilan uçraşuvi «ijobiy» bölganini aytdi. Muzokaralarda «barqarorlik, xavfsizlik va mintaqaviy rivojlaniş» masalalari muhokama qilindi, deya qöşimça qildi Eron vaziri. Bu ikki davlat vakillarining 2016 yildan buyon bunday darajadagi birinçi töğridan töğri uçraşuvi böldi, deb xabar beradi Reuters.

Yaqinlaşuv Xitoy vositaçiligida amalga oşirildi. Mart oyi boşida tomonlar diplomatik munosabatlarni tiklaşga tayyor ekanliklarini ma’lum qilgan edi. Murosaga erişiş yölidagi birinçi qadam sifatida taşqi işlar vazirlarining uçraşuvi rejalaştirilgan, deya xabar bergandi IRNA va SPA davlat agentliklari.

2015 yilning mart oyida Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya Yamanda isyonçi husiylarga qarşi harbiy operatsiya boşlaganida Ar-Riyod va Tehron munosabatlari boşi berk köçaga kirib qolgan edi. 2016 yil yanvarida Saudiya Arabistoni Tehrondagi elçixonasi namoyişçilar tödasi tomonidan hujumga uçragaç, Eron bilan diplomatik aloqalarini uzgan.

11 mart kuni Yevropa Ittifoqi Tehron va Ar-Riyod örtasidagi munosabatlar yaxşilanişini olqişladi. Bu haqda YeI vakili bayonotida aytilgan. «Saudiya Arabistoni ham, Eron ham mintaqa xavfsizligini ta’minlaşda markaziy rol öynaydi, ularning ikki tomonlama munosabatlari tiklanişi butun mintaqani barqarorlaştirişga yordam berişi mumkin», deyiladi hujjatda. Unda «tinçlik va barqarorlikka kömaklaşiş hamda butun Yaqin Şarqda keskinlikni yumşatişga erişiş Yevropa Ittifoqining asosiy ustuvor yönalişlari ekanligi» qayd etilgan.