«Ukrainada barqaror tinçlikka erişiş uçun muzokaralarni imkon qadar tezroq qayta boşlaş kerak», dedi Makron Si Jinping bilan uçraşuvdan keyin. Xitoy raisi Ukrainadagi «tinç aholiga qilingan hujumlarni» qoraladi.
Ukrainada «mustahkam tinçlikka erişiş uçun muzokaralarni imkon qadar tezroq qayta boşlaş» zarur. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 6 aprel, payşanba kuni Xitoy rahbari Si Jinping bilan uçraşuvdan söng aytib ötdi. «Rossiyani öziga keltiriş va mojaro barça iştirokçilarini muzokaralar stoliga ötkazişingizga işonişim mumkinligini bilaman», — deya Makronning Si Jinpingga murojaatidan iqtibos keltirgan OAV.
Öz navbatida, Xitoy rahbari jurnalistlar bilan suhbat çoğida yadro qurolidan «foydalaniş mumkin emas»ligini ta’kidladi. Şuningdek, u Ukrainadagi «tinç aholiga qarşi hujumlarni» qoraladi, deb xabar berdi AFP axborot agentligi.
Si Jinping öz bayonotida Xitoyning Ukraina böyiça «tinçlik rejasi»ni köp takrorladi, deya xabar beradi dpa. Xitoy rahbari «barça tomonlarning qonuniy xavfsizlik manfaatlari» hisobga olinişi kerakligini ta’kidladi. U, şuningdek, «muvozanatli Yevropa xavfsizlik tizimi»ga çaqirdi.
Yelisey saroyi vakilining sözlariga köra, siyosatçilarning 6 aprel kuni tuşdan keyin bölib ötgan uçraşuvi «oçiq va konstruktiv» bölgan. U bir yarim soat davom etdi, deya qöşimça qildi vakil.
Makron Xitoyga uç kunlik davlat taşrifi bilan keldi, bunga parallel ravişda Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen ham Pekinga taşrifi buyurdi.

















