Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Xitoyni urushni tugatish uchun Putinga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi
Xitoy Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy mojaroni hal qilishda Rossiya prezidenti Putinga ta’sir qilishi kerak, dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Pekinda.
Foto: AP
Xitoy Moskva bilan yaqin aloqalari tufayli Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroda tinchlik o‘rnatishda «muhim rol» o‘ynashi mumkin, dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron. Fevral oyi oxirida taqdim etilgan Xitoyning Ukraina bo‘yicha «tinchlik rejasi» «mojaroning yechimiga hissa qo‘shish istagidan» dalolat beradi, dedi Makron 5 aprel, chorshanba kuni Pekinga tashrifining birinchi kuni.
«Xitoy tegishli ravishda BMT Nizomiga hamda hududiy yaxlitlik va suverenitetga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi», — dedi Fransiya prezidenti. Makron Si Jinpingni Rossiyadan uzoqlashishga va Rossiyaga qurol yetkazib bermaslikka ko‘ndirishga umid qilmoqda. «Xitoy mojaroga u yoki bu yo‘nalishda to‘g‘ridan to‘g‘ri va radikal ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yagona davlatdir», - deya ta’kidlagan Yelisey saroyi vakili avvalroq.
Shuningdek, u «katta iqtisodiy bloklarni bir-biridan ajratish»ga intilishdan ogohlantirdi va munosabatlarni «katta do‘stlik, ochiqlik va ayni paytda mas’uliyat hissi bilan» qurishga chaqirdi. «Biz Xitoyga nisbatan hech qachon soddalik qilmaganmiz», deya qo‘shimcha qildi u.
Makron ketishdan oldin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali gaplashdi. Ularning suhbati «Fransiya va Qo‘shma Shtatlarning umumiy irodasi»ni Xitoyni «biz bilan birga Ukrainadagi urushni tugatishni tezlashtirish va mustahkam tinchlik o‘rnatish»ga majbur qilishini ko‘rsatdi», — deyiladi chorshanba kuni fransuz diplomatik manbalari xabarida.
Bu Makronning 2019 yildan beri Xitoyga ilk tashrifi. Payshanba kuni u avvaliga Xitoy rahbari Si Jinping bilan uchrashadi, keyinroq esa Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen ularga qo‘shiladi. Makron unga Pekinda «yagona Yevropa ovozi» bilan gaplashish uchun Xitoyga birga borishga taklif qildi.
Mavzuga oid
23:57 / 24.01.2026
Tramp Kanadaga 100 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
10:03 / 23.01.2026
Fransiya O‘rta Yer dengizida Rossiya tankerini ushladi
22:54 / 22.01.2026
Makronning ko‘zoynagi iVision Tech kompaniyasi qiymatini 4 million dollarga oshirdi
08:29 / 21.01.2026