Ispaniya: Madrid — Ispaniya Kubogi finalida.

Ispaniya Kubogi. Yarimfinal
Javob öyini
Barselona — Real 0:4
5 aprel, «Kamp Nou» 
Gollar: Vinisius (45+1), Benzema (50, 58 penalti, 81).
Barselona – ter Stegen, Arauxo, Alonso (Garsiya, 66), Kunde, Balde, Serxi Roberto, Buskets, Kessie (Fati, 59), Gavi, Rafinya (Ferran Torres, 66), Levandovski.
Real – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Kamavinga, Modriç (Tçuameni, 87), Kroos, Valverde, Vinisius (Sebalos, 85), Rodrigo (Asensio, 73), Benzema (Naço, 89).
Ogohlantirişlar: Roberto (10), Vinisius (26), Gavi (26), Garsiya (67), Karvaxal (71), Torres (76), Arauxo (84), Alaba (86), Balde (86), Militao (88), Fati (90+2).
Birinçi öyin — 1:0.

«Kamp Nou»dagi klasiko jamoalarning 2023 yildagi törtinçi özaro öyini böldi — «Real» va «Barselona» har oyda bir martadan öynamoqda. Yanvarda Saudiya Arabistonida Ispaniya Superkubogi uçun bahs bölib ötgandi, fevralda — Madridda mamlakat kubogi uçun yarimfinalning ilk öyini, martda — Ispaniya çempionatida tur öyini, endi esa — kubokdagi javob uçraşuvi. Bunday çastota gap jahon futbolining asosiy qarama-qarşiligi haqida ketganda ham kişini zeriktirib qöyişi mumkin. Ammo, muxlislar baxtiga öyinlarning har biri turliça böldi.

Superkubokda muxlislar ança sust «Real»ga guvoh bölişdi, kubokdagi birinçi yarimfinal öyinida esa — «Barselona» avtobus qöydi, çempionatda ikki yarim hafta muqaddam ötkazilgan öyinda — kök-anorranglilar çempionlarga xos futbol namoyiş etişdi, madridliklar ham yaxşi öyin körsatdi, ammo Marko Asensio urgan gol millimetrlik ofsayd tufayli bekor böldi, keyin esa katalonlar hisobni oçişdi. Özgarmay qolgan narsa faqat — natija edi, «Barselona» uç öyinda ham ğalaba qildi.

Madriddagi birinçi öyinda töp nazoratida muammoga uçragan «Barselona» «Kamp Nou»da töpga egalik qildi. Katalonlar töp uçun ança oldinda kuraşga kirişib, osongina egallab ola boşladi. Agar «Real» bosimdan çiqib ketsa ham, mezbonlar taktik follar qöllaşdan tortinib ötirmadi. Natijada mehmonlar qariyb 45 daqiqada deyarli vaziyatga ega böla olmadi.

Xavi yana mudofaaning öng qanotiga, Vinisius Juniorni töxtatiş uçun Arauxoni joylaştirdi. Urugvaylik futbolçi qat’iy harakatlardan özini tiyib ötirmadi, mehmonlarning çap qanotdagi forvardini maksimal darajada şafqatsizlik bilan kutib olib, uning oyoğiga tinimsiz tepdi. Şu bilan birga braziliyalik futbolçi bir neça vaziyatda uni öz fintlari bilan doğda qoldirdi.