Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida 2022 yil avgust oyida 11 erkak 2006 yilda tuğilgan, voyaga yetmagan qizni zörlagan bölişi mumkin. Bu haqda bloger Nikita Makarenko 1 aprel kuni xabar berdi.

«Aftidan pedofillar tarmoğini foş etiş uçun Toşkentdan Xorazmga maxsus guruhni yuboriş kerak şekilli. Öquvçimning yozişiça, mahalliy IIB bilan aloqador odamlar jiyanini zörlagan. U öz ismi şarifini oşkor etilişini istamadi, ammo telefon raqamlarini Toşkentdagi huquq-tartibot idoralariga yetkazişga ruxsat berdi», deb yozdi u.

4 aprel kuni bloger 11 kişidan 3 kişi hibsga olingani, bunga bolalar ombudsmani Aliya Yunusova yordam bergani haqida xabar berdi.

«Bolalar ombudsmani Aliya Yunusovaga rahmat. U uşbu postga javob qaytargan va Xorazm viloyatidagi zörlaş qurboni bölgan voyaga yetmagan qizni himoya qilişni istagan yagona şaxsdir. Qolganlarning hammasi jim. U Urgançga jönab ketdi va jabrlanuvçining xolasi aytganidek, bugun zörlaşda iştirok etgan 11 kişidan 3 nafari hibsga olindi», deb yozdi Makarenko.

Bloger sözlariga köra, qizning xolasi bundan xursand bölgan va «Quvonçimizning çegarasi yöq. 8 oy davomida heç kim bizga e’tibor bermagan edi», deb yozgan.

«Özbekistonda boşqaruv faqat qölda işlaydi. 11 nafar pedofilga nisbatan iş qözğatiş uçun esa, bu voqea oşkora bölişi, şaxsan kimdir e’tibor berişi va masala bilan şaxsan şuğullanişi kerak. Bu yaxşimi? Yöq, bu falokat», deb qöşimça qildi Makarenko.

Hozirça uşbu voqea böyiça rasmiy xabarlar berilmadi.