Rossiya tomonidan annexia qilingan Qrim Ukrainaning qarşi hujumi uçun «hal qiluvçi hudud», dedi AQŞning Yevropadagi sobiq qömondoni, iste’fodagi general-leytenant Ben Xodjyes 5 aprel, çorşanba kuni DW naşriga. Agar Qrim ozod etilsa, hammasi özgaradi, dedi Xodjyes. Uning fikriça, Ukraina kuçlarining bölajak operatsiyasi yarimorolni, keyinroq esa Donbassni ozod qilişga qaratilgan böladi.
Agar «har bir rus askari şiddatli janglar kuzatilayotgan Baxmutdan 200 kilometr radiusda öldiriladigan» bölsa ham, bu strategik jihatdan heç narsani özgartirmaydi, deb hisoblaydi Yevropadagi AQŞ qöşinlarining sobiq qömondoni. Şu bilan birga, «Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi Baxmutdagi rus qöşinlarini töxtatib, öz zirhli kuçlarini Baxmutga yuboriş uçun köp resurslardan foydalanişga majbur qiliş imkoniga ega ekanligini kördi», dedi iste’fodagi general-leytenant.
Hozir Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi qarşi hujumga tayyorgarlik körmoqda va bölajak operatsiya haqidagi ma’lumotlarni har tomonlama himoya qilmoqda. Qarama-qarşi hujumning muvaffaqiyati Rossiya harbiy qismlariga «falokatli ta’sir körsatişi mumkin», deya qöşimça qildi Xodjyes.
«Agar bu hujum kuçayib, Rossiya mudofaasini önlab kilometrga yorib ötsa, menimça, bu boşqa rus kuçlariga ham, Kremlga ham psixologik ta’sir körsatadi», — dedi u.


















