Majlisda uşbu bitimlar Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning Özbekistonga davlat taşrifi doirasida imzolangan va harbiy, harbiy-texnikaviy, harbiy-ta’lim sohasida, şuningdek, tomonlar manfaatlari kesişadigan boşqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirişga qaratilganligi qayd etildi.

Senatorlarning fikriça, bitimlarning qabul qilinişi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirişga yangiça turtki beradi va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Qonunlar senatorlar tomonidan ma’qullandi.