Şartnoma Özbekiston prezidentining 2021 yil 6 dekabr kuni Qozoğistonga qilgan davlat taşrifi çoğida imzolangani qayd etilib, uning kuçga kirişi mahkumlarni topşiriş sohasidagi normativ-huquqiy bazani şakllantirib, ikki davlat vakolatli organlarining uşbu sohadagi hamkorligini yaxşilaşi mumkinligi ta’kidlandi.
Şartnoma bilan Özbekiston va Qozoğiston fuqarolariga sud tomonidan tayinlangan jazoni öz mamlakatida ötaş imkoni berilmoqda.

Hujjatga köra, mahkumlar qonunda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq kelişayotgan tomonlar murojaatlari asosida topşiriladi.
Muhokama davomida mahkumlar jazoni öz yurtida ötaşi ularga yaqin qarindoşlari bilan muntazam körişiş imkonini berişi oilaviy munosabatlarga ijobiy ta’sir körsatib, mahkumlarning ijtimoiy hayotga moslaşişiga yordam berişi qayd etildi.
Muhokama yakunida senatorlar mazkur qonunni ma’qulladi.

















