Rahimjon Boboyev Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari — viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Raximjon Boboyev 1976 yilda Sirdaryo viloyatida tuğilgan. 1999 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavriatini, 2001 yilda şu universitetning magistraturasini tamomlagan. Ma’lumoti böyiça mutaxassisligi — menejment, boşqaruv menejmenti.
Boboyev mehnat faoliyatini «Özmevasabzavotuzumsanoat-holding»da boşlagan, 2006–2016 yillarda «Özvinosanoat-holding» holding kompaniyasi Moliya va buxgalteriya hisobi boşqarmasi boşliği, kompaniya boşqaruv raisi örinbosari lavozimlarida faoliyat körsatgan, 2016–2017 yillarda Boyovut tumanida, 2017–2020 yillarda Xovos tumanida hokim bölgan.
2020 yil davomida Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Uzumçilik va vinoçilikni rivojlantiriş agentligi direktori bölib işlagan, 2020 yil oxiridan bugunga qadar Alkogol va tamaki bozorini tartibga soliş hamda vinoçilikni rivojlantiriş agentligi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Ma’lumot uçun, Sirdaryo viloyati hokimining birinçi örinbosari lavozimini 2019 yil aprelidan buyon Anvar Karimov egallab turgandi.

Bugun prezident Şavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga taşrif buyuradi. Davlat rahbari xalq deputatlari viloyat kengaşining sessiyasida iştirok etadi. Şuningdek, ijod maktabi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanişiş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini işga tuşiriş rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, 2022 yil noyabrida Akmal Mahmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlangandi. Bugungi sessiyada u hokimlikka rasman tasdiqlanişi kutilmoqda.












