Ukraina Braziliya prezidentining Rossiya agressiyasini töxtatiş böyiça yeçim topiş borasidagi sa’y-harakatlarini qadrlaydi, biroq «öz hududlari bilan savdolaşmasligini» eslatişga majbur, deya ma’lum qildi TIV matbuot kotibi Oleg Nikolenko. 

«Ukraina yerining kamida bir santimetrini berişimiz uçun heç qanday huquqiy, siyosiy va ma’naviy sabab yöq. Ukrainaning pozitsiyasi özgarişsiz qolmoqda: Ukrainada tinçlikni tiklaş böyiça har qanday vositaçilik harakatlari Birlaşgan millatlar taşkiloti nizomi tamoyillariga muvofiq Ukraina yaxlitligi, suverenitetini hurmat qiliş va hududning töliq tiklanişiga asoslangan bölişi kerak», deb yozdi Nikolenko Facebook’da.

Avvalroq Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva uruşni tugatiş uçun Qrimni Rossiyaga berişni taklif qilgandi. 

Uning sözlariga köra, u Xitoy yetakçisi Si Jinping bilan Ukrainaning Qrimdan «boş tortişi» haqidagi taklifni şaxsan muhokama qilmoqçi. 

«Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina hududini qölga kirita olmaydi. Balki Qrimni muhokama qilarmiz. Lekin u qöşimça ravişda nima qölga kiritganini qayta körib çiqişi kerak», - dedi da Silva Braziliyada jurnalistlar bilan uçraşuvda. 

Bundan oldin AQŞning Yevropadagi sobiq qömondoni, iste’fodagi general-leytenant Ben Xodjyes Rossiya tomonidan annexia qilingan Qrim Ukrainaning qarşi hujumi uçun «hal qiluvçi hudud» ekanini aytgandi. 

Agar Qrim ozod etilsa, hammasi özgaradi, dedi Xodjyes. Uning fikriça, Ukraina kuçlarining bölajak operatsiyasi yarimorolni, keyinroq esa Donbassni ozod qilişga qaratilgan böladi.

Hozir Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi qarşi hujumga tayyorgarlik körmoqda va bölajak operatsiya haqidagi ma’lumotlarni har tomonlama himoya qilmoqda. Qarama-qarşi hujumning muvaffaqiyati Rossiya harbiy qismlariga «falokatli ta’sir körsatişi mumkin», deya qöşimça qildi Xodjyes.