AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyatga rossiyalik jismoniy va yuridik şaxslarga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etiş imkoniyatini beruvçi farmonni bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Oq uy saytida çop etilgan hujjatda aytiladi.
«Rossiya hukumatining ğarazli faoliyati AQŞ milliy xavfsizligi, taşqi siyosati va iqtisodiyotiga öta jiddiy xavf tuğdirişda davom etmoqda», deyiladi hujjatda.
Oq uy bunday tahdidlar qatorida «AQŞda, şuningdek, uning ittifoqçilari va hamkorlarida erkin va demokratik saylovlar ötkazilişiga putur yetkaziş», «kiber sohadagi zararli harakatlar», «transmilliy korrupsiyani rağbatlantiriş va xorij hukumatlariga ta’sir qiliş uçun undan foydalaniş» kabilarni sanab ötdi.
2021 yil 15 aprelda Rossiya Federatsiyasining ayrim xavfli harakatlari milliy xavfsizlikka tahdid solişi munosabati bilan AQŞda favqulodda holat e’lon qilingan 14024-sonli ijro qarori, 2022 yil 8 martda favqulodda holat kölamini kengaytiriş töğrisida 14066-sonli farmon imzolangan edi.
Oq uy favqulodda holatni 7 aprel kuni yana bir yilga uzaytirişga qaror qildi.

















