AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida sulh böyiça muzokaralar olib boriş uçun hozirgi bosqiçda heç qanday sabab körmayapti. Bu haqda Amerika taşqi siyosat idorasi rahbari 7 aprel, juma kuni Funke media-guruhi va Fransiyaning Ouest-France gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Agar öt oçişni töxtatiş kelişuvi mojaroning töxtab qolişiga, Rossiyaning Ukrainadagi ayrim hududlarni egallab olişini ratifikatsiya qilişga olib keladigan bölsa va bu Rossiyaga öziga qulay bölgan vaqtda qayta kuç töplaş, dam oliş, keyin yana hujum qiliş imkonini beradi deb talqin qilinsa, bu adolatli bölmaydi», - dedi Amerika diplomatiyasi rahbari.
Blinkenning sözlariga köra, BMTdagi 141 davlat adolatli tinçlik va taşkilot nizomidagi «Rossiya tomonidan buzilgan hududiy yaxlitlik» asosiy tamoyillariga hurmat körsatiş tarafdori bölgan.
Entoni Blinken Ğarbning ikkita maqsadi borligini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, birinçisi, Ukrainaga Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni, xususan, yaqin bir neça hafta içida kutilayotgan qarşi hujum orqali qaytarib olişda qölidan kelgan barça yordamni körsatiş.
Ikkinçisi, Kiyevga tajovuzni töxtatiş va özini himoya qiliş uçun örta va uzoq muddatli salohiyatni şakllantirişga yordam beriş, deya qöşimça qildi AQŞ davlat kotibi. Ukrainaga vayronagarçilikdan qutuliş uçun katta sa’y-harakatlar kerak böladi, dedi u. Bundan taşqari, Rossiya yönalişini özgartirmagunça, sanksiyalar va eksport nazorati orqali Moskvaga «misli körilmagan bosimni saqlab turişimiz kerak», dedi u.
Blinken, şuningdek, Kremlning Belarusda taktik yadro qurolini joylaştiriş rejalariga ham izoh berdi. «Birinçidan, bu mutlaqo mas’uliyatsizlikdir», - deya ta’kidladi amerikalik diplomat. «Yadro quroli haqida gapirgan yoki uni qöllaş bilan yaşirin yoki oçiq tahdid qilgan yagona davlat – bu Ukrainaga qarşi tajovuz davrida – Rossiyaning özi», dedi u.

















