“Bu işni ikki qismga ajratiş kerak. Birinçidan, jinoyatçiga nisbatan öta yengil jazo berilganligi jamoatçilik e’tiroziga sabab bölyapti. Buni qonunçilikdagi böşliqlar bilan malakalaş mumkin. Ikkinçidan, bu soha nega muammolardan çiqmayapti, degan savolga töğridan töğri davlat boşqaruvi va ijtimoiy-siyosiy vaziyat bilan malakalanadi. Umumlaştirib olsak, korrupsion omillar, qonunçilikdagi böşliqlar, an’ana şakliga kelib qolgan nimalardir bor. Bu illat sovet davrida ham bölgan, mustaqillikning dastlabki yillarida avj oldi, 2018/19/20-yillarda ham bunday noxuş holatlar böldi. Ya’ni bu yerda barça omillar bir-birini yetaklab kelaveradi”, – dedi u.

Huquq faoliga köra, Özbekiston Jinoyat kodeksida pedofiliya jinoyatlari alohida ajratilmagan. Masalaning oğir nuqtalaridan biri ham şu.

“Oilaviy zöravonliklar ham şunday. Saida Mirziyoyeva taşabbusi bilan oilaviy zöravonlikka oid qonun hujjati qabul qilinyapti, lekin bu hujjat ham töliq şaklda emas. Bu muammolar mamlakatning taraqqiyot darajasi, demokratlaşuvi yöli bilan boğliq. Xalqaro tajribada ötgan asrning 30-40-yillarida Yevropada ham bizdagi holat bölgan. Bu narsa iqtisodiy holat bilan ham boğliq, çunki har bir muassasaga pul ajratiş kerak va hokazolar.

JKda «pedofiliya» sözining özi yöqligi, tan olinmaganligi — juda katta fojialardan biri. Omillarga qaytadigan bölsak, hokimiyat idoraviy boşqaruvida böşliqlar bor. Aytaylik, nega Marğilondagi, Qöqondagi hodisalardan keyin xulosa çiqarilmadi? Demak, bu sohaning şunday muammolari bor.

2020 yilda prezident taşabbusi bilan bu soha Milliy gvardiya vasiyligiga biriktirilgan edi. Lekin Milliy gvardiya buni böyniga oladigan darajada katta taşkilot emas, ular özining işidan ortmaydi. Ikkinçidan, rivojlangan mamlakatlarga e’tibor bersak, bu sohaga juda katta ijtimoiy mablağlar ajratiladi. Özbekiston esa hozirgi iqtisodiy salohiyati bilan bu muammoni qamrab olişi qiyin. Uçinçidan, rahbar xodimlarning etikasi. Hatto markaziy apparatda ham pedofillarning şerigi bor ekan, degan gaplar eşityapmiz”, – dedi Abdurahmon Taşanov.

Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.