Twitter ijtimoiy tarmoği tavsiyalar bölimida va qidiruv natijalarida yana Rossiya rasmiylariga aloqador akkauntlarni körsata boşladi. The Telegraph 8 aprel, şanba kuni bunga e’tibor qaratdi.
Sinov jarayonida jurnalistlar Twitter Rossiya prezidenti, TIV va Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi elçixonasi sahifalarini algoritmik tasmada körsata boşlaganini aniqladi. TASS’ning aniqlik kiritişiça, ular orasida Rossiya Mudofaa vazirligining akkaunti ham paydo bölgan.
Twitter sobiq top-menejyeri The Telegraph naşri bilan suhbatda bu Ukrainada uruş boşlanganidan keyin kiritilgan çeklovlar bekor qilinişi natijasida röy bergan bölişi mumkinligini taxmin qildi. «Uşbu özgariş tasodifan yoki kompaniya rahbariyatining xabarisiz sodir bölganligi ehtimoldan yiroq», dedi u naşrga. Twitter akkauntlarni tavsiyalar bölimiga qaytariş sababini rasman izohlamadi.
2020 yildan beri Twitter, ijtimoiy tarmoq moderatorlari fikriça, ma’lum bir davlat rahbariyati bilan boğliq bölgan ommaviy axborot vositalari va odamlarga maxsus belgi qöyadi. Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlari boşlanganidan söng kompaniya «erkin ma’lumotlardan foydalanişni çeklovçi va qurolli davlatlararo mojarolarda iştirok etuvçi davlatlarga tegişli» sahifalarni tarğib qiliş va tavsiya etişni töxtatganini e’lon qildi.

















