“Ma’muriy islohotlar doirasida yoşlar siyosati va sport sohasida davlat boşqaruvini samarali taşkil qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Yoşlar siyosati va sport vazirligi faoliyatining ustuvor yönalişlari hamda taşkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

Qarorga köra, 2023–2024 yillarda “Yoşlar daftari” tizimi orqali yoşlarga körsatiladigan ijtimoiy-iqtisodiy xizmat turlari 1,5 barobargaça oşiriladi. Yoşlarga ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlarni körsatişda ularning iqtidoridan unumli foydalanişga qaratilgan ijtimoiy şartnomalar amaliyoti joriy etiladi.

Davlat organlari va taşkilotlarining yoşlarni qöllab-quvvatlaş tizimi “Yoşlar balansi” asosida yoşlarning ijtimoiy holati, qiziqişi va muammolarining xususiyatidan kelib çiqib yölga qöyiladi. 2024 yil 1 yanvargaça sport sohasini raqamlaştiriş böyiça 24 ta yönalişdagi axborot tizimlarini öz içiga olgan ERP Sport yagona elektron boşqaruv tizimi işga tuşiriladi. Bunda sport sohasidagi xarajatlar tizimda şaffof va oçiq tarzda aks ettiriladi, joylarda barpo etiladigan tegişli sport obektlari va inşootlarining kamida 30 foizi mazkur elektron tizim orqali uşbu hududda yaşovçi aholi tomonidan ovoz beriş yöli bilan aniqlanadi.

2023 yil 1 iyuldan sportçi identifikatsiya kartalari uçun tölovlar miqdori uç barobarga kamaytirilib, ulardan foydalaniş muddati 5 yil etib belgilanadi, “Özbekiston Respublikasi Yoşlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi” joriy etiladi. Bunda stipendiya miqdori mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 3 baravari etib belgilanadi, mazkur stipendiya tayinlangan sportçilarga prezident tegişli qarorida belgilangan tartibda özini özi band qiliş huquqi beriladi.

2024 yil 1 martdan sport turlari böyiça ötkaziladigan rasmiy musobaqalar, Özbekiston çempionati va kubogida iştirok etişi uçun sportçilarning mansubligi va ularning malakasini identifikatsiya kartalari (ID-karta) orqali aniqlaş tartibi joriy etiladi.

Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo öyinlari, olimpiya va paralimpiya sport turlari (yoş toifalari) böyiça jahon çempionatlarida ğolib va sovrindor bölgan sportçilar, şuningdek, ularni tayyorlagan trenerlarni Davlat budjeti mablağlari hisobidan rağbatlantiriş miqdorlari tasdiqlandi.

Olimpiya va Paralimpiya öyinlarida ğolib va sovrindor bölgan sportçilarga Prezident Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot boş boşqarmasiga idoraviy mansub bölgan tibbiyot muassasalarida umrbod bepul tibbiy xizmatdan foydalaniş huquqi beriladi.