— Birinçi bu yerga qanday qilib kelganingiz haqida gapirib bersangiz.

— Amerikaga kelişim tarixi juda qiziq bölgan. Heç qanday tayyorgarlik körmaganman. Omadimni sinab köray deb harakat qilganman. Ingliz tilini mukammallaştiriş dasturi böyiça topşirib, talaba vizasi bilan kelganman. Öşa paytda juda köp Amerikadagi tanişlarim Nyu-Yorkka topşirma, viza oliş imkoniyatlaring çeklangan böladi, deyişgan. Lekin baribir harakat qilib körganman. Boşida vizangiz tasdiqlandi, olib keting, deyişganida işonmaganman, çunki doim qiyin deb eşitib kelganman. Ikki daqiqalik intervyu va vizani olganman. Bu yerga kelgunimça Toşkentda köp joyda işlaganman, oxirgi iş joyim Taşqi iqtisodiy aloqalar vazirligining “Özmarkaz impeks” kompaniyasida işlaganman. Amerikaga birinçi kelganimda, ya’ni 2011 yilda töfondan keyin suv bosib tovarlarning bir qismi oqib ketgan omborda hisob-kitob böyiça işlaganman. U yerda bir oy işlab, Manxettendagi – Central park’da turkmanistonliklarning velosiped ijaraga beradigan şirkatiga yordamçi bölib işga kirganman va bir oydan keyin menejyer lavozimiga kötarilganman. 3 yil işladim u yerda ham. Asosan «Work and travel” dasturi böyiça kelgan örta osiyolik yigitlarga ijaraga velosiped berardik.

U yerda kötarilişim mumkin bölgan yuqori daraja şu iş boşqaruvçilik edi, unga erişdim. Şuning uçun ham boşqa joyda işlaşga harakat qilib, Uber taxi'ga işga kirganman. Men işga kirgan paytlarda oylik maoş juda yaxşi edi. Keçki soat 17⁰⁰ da işga çiqib, soat 01⁰⁰ gaça umumiy xarajatlar bilan 450-500 dollar topardim, sof foyda ham yaxşi bölardi.

Toşkentda paytim yaxşi bölgan topiş-tutişim. Çunki u paytda eng yaxşi maoş tölaydigan vazirlik edi Taşqi iqtisodiy aloqalar vazirligi. Ammo soğliğim kötarmadi, közimni davolatiş uçun ham topşirib körganman vizaga.

— Özbekistondan kelib Uber taxi'da işlaş uçun nima qiliş kerak? Işga kiriş qanday böladi, talablari qanday?

— Nyu-Yorkning öz qonun-qoidalari bor. Imkoniyat yaratib beradi, lekin qoidalarga böysuniş kerak. Hozirgi kunda birinçi navbatda AQŞning haydovçilik guvohnomasini oliş kerak. Birinçi olgan paytda «D» toifa beradi, 6 oydan keyin esa yollanib işlaşga ruxsat beruvçi «Ye» toifa beriladi. Keyin 24 soatlik kurs öqiladi, test topşiriladi. Keyin esa tibbiy ma’lumotnoma beriladi. Har yili majburiy tarzda narkotik moddalarga tekşiriladi. Söng 6 soatlik haydovçilik xavfsizligi böyiça kurs öqiladi. Yana Nyu-Yorkda nogiron insonlarga xizmat körsatiş böyiça 2-3 soatlik kurs öqiladi. Bularning barçasi pulli, taxminan 800-900 dollar pul va 6 oyça vaqt ketadi.