— Bu avtobuslarning texnik şartlariga yölovçilarning oqimini sanaş moslamasini qöşganmiz. Ularda xavfsizlik nuqtayi nazaridan 9 tadan videokamera örnatilgan. Saloni ekranlar bilan ham ta’minlangan. Mazkur ekranlar orqali oraliq bekatlarni avtomat ravişda e’lon qilib boriş imkoniyati ham bor.
Toşkent şahri transport modeli, unda 167 ta yönalişdan iborat yangi yönalişlar tarmoği işlab çiqilgan. Aprel oyidan boşlab mana şu tarmoqlarni bosqiçma-bosqiç joriy etib boramiz. Avtobuslar kelişi bilan barçasi yangi yönalişga joylaştiriladi. Hozirgi kunda mingta avtobusdan 233 tasi Toşkent şahriga yetkazib berildi. Bularning 30 tasi 18 metrli “garmoşka”, 103 tasi tabiiy gazda yuradigan 12 metrli hamda 100 tasi elektrda harakatlanadigan avtobuslar hisoblanadi.
Prezidentning qaroriga asosan, apreldan boşlab yilning söngigaça brutto-şartnoma, ya’ni yangiça moliyalaştiriş tizimiga ötişimiz kerak. Bugungi kunda 34 ta yönalişning qiymati hisoblab çiqilib, elektron tenderlarga savdolarga çiqarildi. May oyidan bu tender savdolari öynalib, yönalişlarga tatbiq etib boriladi.
Keyingi haftadan bu yangi harakat tarkiblarini bosqiçma-bosqiç yönalişlarga çiqaramiz. Hozirda bojxona rasmiylaştiriş işlari olib borilmoqda. Ayni vaqt 30 ta avtobus rasmiylaştirilib, ularga davlat raqamlari olingan. U avtobuslarni keyingi haftadan yönalişlarga çiqaramiz, dedi Anvar Jörayev 8 aprel kuni Yangi Özbekiston boğida ötgan yangi avtobular taqdimotida.

— Qança odam foydalana oladi bu avtobuslardan? Bu ham hisob-kitob qilinadimi?
— Bugungi kunda 1 100 nafar haydovçi bilan kuniga 670 ming nafar odamni taşimoqdamiz. Bu kelayotgan mingta avtobus bilan kuniga 1 800 ta avtobusni çiqariş rejalaştirilgan. Hisob-kitoblarga asosan, bu bilan kunlik yölovçilar oqimi kamida 1 mln nafarni taşkil qiladi.
— Bitta avtobus qança odamni taşiy oladi?
— Örtaça 2 ming nafar taşiladi. Yangi tarmoğimiz 4 ta koridordan iborat. Magistralimizning özida 13 ta yönaliş bölyapti, bu yölovçi oqimi eng köp bölgan yönalişlardan hisoblanadi. Bu yönalişlardagi avtobuslarning intervali 4-5 daqiqani taşkil etadi. Qolgan halqa, yetkazib beruvçi va boğlovçi yönalişlarimizning intervali 6-7 daqiqani taşkil qiladi. Jamoat transporti jozibadorligi oşişi hisobiga yölovçilar sonini 1,5 barobarga oşiriş közda tutilgan.

















