Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetidagi binolardan birida yoriqlar yuzaga kelgani haqidagi xabarlar yuzasidan vaziyatni örgangan Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilişiça, Toşkent şahar Yunusobod tumani Qiyot köçasida joylaşgan universitet binosidagi holat Toşkent şahar quriliş sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan joyiga çiqib örganilgan.
Aniqlanişiça, yoriqlar universitetning eski mavjud binosi hamda ötiş yölagi oraliğida hosil bölgan. Ikki bino örtasidagi maxsus çok («temperaturniy şov») yillar davomida taşqi omillar ta’sirida şu holatga kelgan. Yoriqlar binoning ğişt devorida emasligi va ular yuqori xavf darajasidamasligi aniqlangan, şuningdek, örganişlar davomida binoning poydevori ham tekşirilgan. Bino poydevorida çökiş alomatlari yöqligi qayd etilgan.
«Eski mavjud bino 1978 yilda loyihalaştirilgan va şu kunga qadar unda rekonstruksiya işlari amalga oşirilmagan. Alohida ta’kidlaş örinliki, yoriqlar bilan boğliq holatning 2019 yil Investitsiya dasturi asosida qurib, foydalanişga topşirilgan universitetning yangi binolariga umuman aloqasi yöq», – deyiladi vazirlik munosabatida.
Eslatib ötamiz, avvalroq holat yuzasidan universitet rahbariyati rasmiy izohida 2 smli yoriq oliygohning yangi binosini quriş vaqtida yuzaga kelganini ma’lum qilgandi.













