Internetda rus askarlari harbiy kiyimdagi odamni öldirayotgani aks etgan video tarqaldi. «SBU» jinoyatçilarni topib, javobgarlikka tortişga va’da berdi.
Ukraina Xavfsizlik xizmati («SBU») 12 aprel, çorşanba kuni internetda rossiyalik harbiylar ukrainalik asir ekani aytilayotgan şaxsni öldirayotgani aks etgan video e’lon qilingani böyiça sudgaça tergov boşlanganini bildirdi. «SBU»ning aniqlik kiritişiça, tergov Ukraina Jinoyat kodeksining 438-moddasi 2-qismi (Uruş olib boriş qonunlari va odatlarini buziş) asosida olib borilmoqda.
«SBU» raisi Vasiliy Malyuk aybdorlarni topib, jazolaşga va’da berdi. «Biz bu yovuzlarni topamiz. Agar kerak bölsa, biz ularni hamma joydan, qayerda bölişidan qat’i nazar: yer ostidan bölsa ham topib kelamiz. Lekin ular qilgan işlari uçun albatta jazolanadi», - deya ta’kidladi u.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy butun dunyo yetakçilarini sodir bölgan voqeaga reaksiya bildirişga va Ukrainaga Rossiya bilan uruşda ğalaba qozonişga yordam berişga çaqirdi.
11 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda göyoki rus askarlari ukrainalik askarni şafqatsizlarça öldirgani tasvirlangan video paydo böldi. Video Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini qöllab-quvvatlovçi Rossiya Telegram-kanallarida va Ukraina ijtimoiy tarmoqlarida tarqaldi.
Videodagi odamlar kimlar ekani, hodisa qaçon, qayerda va kim tomonidan yozib olingani noma’lum. Videodagi yaşil öt va barglar videoning ötgan yozda suratga olinganidan dalolat beradi. Videoning haqiqiyligi tasdiqlanmagan.

















