Moskva va Kiyev yana harbiy asirlar almaşinuvini amalga oşirdi, bu haqda ularning delegatsiyalari Istanbuldagi muzokaralar çoğida kelişib olgandi. Bu haqda 10 iyun, seşanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Bu almaşuv «oğir yaralangan va yarador askarlarimiz Rossiya asirligidan qaytişining birinçi bosqiçi böldi», dedi Zelenskiy. «Ularning barçasi tibbiy yordamga muhtoj. Bu muhim insonparvarlik harakati», — deya qöşimça qildi u. Siyosatçining ta’kidlaşiça, Ukraina Qurolli kuçlari, Milliy gvardiya, Davlat çegara xizmati va Davlat maxsus transport xizmati harbiy xizmatçilari almaşinuv doirasida uylariga qaytgan. «Almaşuvlar davom etişi kerak. Biz asirlikda bölganlarning har birini topib, qaytariş uçun hamma narsani qilyapmiz. Men yordam berayotgan barçadan minnatdorman», — dedi Volodimir Zelenskiy.
Ukraina harbiy asirlar bilan işlaş böyiça koordinatsiya ştabining ma’lum qilişiça, 10 iyun kuni ozod etilgan ukrainaliklar orasida «3 yildan ortiq asirlikda ötkazgan Mariupol himoyaçilari ham bor. Askarlar va serjantlar bilan bir qatorda ofitserlar ham ozod etilgan». «Hozir ozodlikka çiqqan barça himoyaçilar oğir jarohatlar va oğir kasalliklarga ega: oyoq-qöllari kesilgan, körişda muammolar, abssesslar, infeksiyalar, jarohatlar va surunkali kasalliklar. Ozod qilinganlarning bir qismi gepatit va sil kasalligiga çalingan», deyiladi xabarda.

















