«Azov» polki qömondoni Denis Prokopenko keng kölamli almaşinuv doirasida Rossiya asirligidan Ukrainaga qaytgan ming kişi orasida birorta ham «Azov» jangçisi yöq ekanini «Ukraina uçun şarmandalik» deb atadi. Bu haqda Prokopenko 25 may, yakşanba kuni Facebookʼdagi sahifasida yozgan.
«Bu masxarabozlik kabi körinyapti. Tört yildan beri Rossiya asirligida, eng oğir şaroitlarda ğayriinsoniy bosim ostida bölganlarni masxara qiliş. Ularning qarindoşlari, döstlari va aka-ukalari ustidan kuliş. Kafolatlar berilgan va almaşiş uçun ustuvor bölişga mutlaq huquqqa ega bölganlar, ular öz xohişi bilan emas, balki oliy qömondonlik buyruği bilan asirga tuşgan», deb yozadi Prokopenko.
«Biz moslaşib, yangi yöllar va konfiguratsiyalarni izlaşni boşlaşimiz kerak. Çunki almaştirilgan 1000 kişining orasida birorta ham azovçining yöqligi - butun davlatimiz uçun şarmandalik. Bir xil şaxslar tört yildan beri almaşuvlarni samarasiz ötkazayotgan bölsa, hukumat azovçilarning qaytişidan manfaatdor ekanligiga işonmayman», — dedi harbiy.

















