Tahlilchilar: Rossiya Mudofaa vazirligi Baxmutdagi muntazam qo‘shinlarni asosiy jangga tashlamayapti
Rossiya Mudofaa vazirligi «Vagner» XHKdagi yollanma askarlarni Baxmut markazida asosiy janglarni o‘tkazish uchun ataylab qoldirib, havo-desant kuchlarini faqat shaharning shimoli va janubidagi qanotlarni ushlab turish uchun qo‘llayapti, deb yozadi Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW). yangi tahliliy sharhida.
Institut tahlilchilariga ko‘ra, shu tariqa Rossiya Mudofaa vazirligi muntazam qo‘shinlarni katta yo‘qotishlardan himoya qilyapti va Baxmut yakuniy qo‘lga kiritilgan taqdirda u yerdan «vagnerchilar»ni olib chiqib, g‘alabani o‘ziga bog‘lashni rejalashtirmoqda.
ISW hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya kuchlari hozir Baxmut hududining 76,5 foizini nazorat qilmoqda. Biroq, agar RF Qurolli uchlarining ba’zi shubhali bayonotlari tabiiy deb hisoblansa, bu ulush 86,1 foizga ko‘tariladi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin o‘rtasidagi ommaviy bahs-munozara Kremlning tadbirkorni obro‘sizlantirish harakatlarining davomidir. Bu haqda ISW sharhida aytiladi.
Tahlilchilarga ko‘ra, Rossiya hukumat idoralari Prigojinning jamoatchilik yoki siyosiy qo‘llab-quvvatlovga ega bo‘lish borasidagi har qanday urinishining oldini olishga harakat qilmoqda.
Tadbirkorning o‘zi «o‘zini tashqi siyosatga ta’sir o‘tkaza oladigan davlat arbobi sifatida ko‘rsatishga» urinmoqda, shuningdek, Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarida «Vagner guruhi» kuchlarining rolini bo‘rttirib ko‘rsatmoqda, deydi ISW ekspertlari.
Prigojin 7 aprel kuni TIVning Afrikadagi faoliyatini tanqid qilib, XHK Tashqi ishlar vazirligi va mintaqadagi boshqa davlat idoralari bilan hamkorlik qilishda «katta qiyinchiliklarga» duch kelayotganini aytdi.
Mavzuga oid
16:42
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
10:47
Rossiya 145 ta dron bilan Ukrainaning yirik shaharlariga hujum qildi
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
15:10 / 09.11.2024