6-10 aprel kunlari 102 ta noqonuniy holatlar aniqlanib, ularga chek qo‘yilgan

Ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan moddalarning umumiy miqdori 384,7 grammni tashkil etgan, shundan 192,02 gramm giyohvandlik vositalari, 192,68 gramm sintetik moddalardir. Tadbir davomida 701 dona kuchli ta’sir etuvchi vositalar aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yilgan.

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni yashirish orqali sotish («zakladka») bilan bog‘liq 74 ta holat aniqlangan. 1 775 tadan ortiq «narkograffiti» yozuvlar aniqlanib, barchasi o‘chirilgan.