Joriy yilning 12 aprel kuni soat 19:30 da Lutfiy sayilgohida "O‘zbekiston- yoshlar mamlakati!" shiori ostida konsert bo‘lib o‘tadi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan 12 aprel kuni soat 15:00 dan 23:00 ga qadar Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasi kesishmasidan Shirin ko‘chasigacha bo‘lgan qismida avtotransportlar harakatlanishi vaqtincha to‘xtatiladi.
Poytaxt IIBB vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.










