Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XVJ global yalpi ichki mahsulot o‘sishi prognozini pasaytirdi
Jamg‘arma hisobotiga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti yuqori inflatsiya va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi oqibatlaridan juda sekin tiklanmoqda.

Foto: XVJ
Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) global yalpi ichki mahsulot o‘sishi prognozini 2023 yilda 2,8 foizga, 2024 yilda esa 3 foizga tushirdi. Bu haqda jamg‘armaning 11 aprel, seshanba kuni taqdim etilgan jahon iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollari haqidagi hisobotida aytiladi.
XVJning yanvar oyidagi hisoboti bilan solishtirganda, 2023 va 2024 yillarda prognoz qilingan global yalpi ichki mahsulot o‘sishi 0,1 foiz punktga yomonroq bo‘lgan. «Shunday qilib, biz iqtisodiy o‘sish tarixiy me’yorlar bo‘yicha zaif bo‘lib qolayotgan, moliyaviy risklar kuchaygan, ammo inflatsiya hali hal qiluvchi cho‘qqiga chiqmagan qiyin bosqichga kirmoqdamiz», — dedi XVJ bosh iqtisodchisi Per-Olive Gurinsha.
Hisobot, shuningdek, Germaniya iqtisodiyoti uchun yanada pessimistik prognozni o‘z ichiga oladi, bu yil ishlab chiqarishning 0,1 foizga qisqarishi bilan yengil retsessiya bashorat qilinyapti. Jamg‘arma 2024 yilda Germaniya iqtisodiyoti 1,1 foizga o‘sishiga ishonmoqda.
Umuman olganda, joriy yilda yagona valuta zonasining 20 ta davlati iqtisodiyoti Xalqaro valuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra 0,8 foizga o‘sadi, bu yanvar oyida prognoz qilingan 0,7 foiz o‘sishdan yaxshidir. Shu bilan birga, Buyuk Britaniya iqtisodiyoti 0,6 foiz o‘rniga 0,3 foizga qisqaradi.
XVJ, shuningdek, Rossiyaning iqtisodiy rivojlanishi haqidagi taxminlarni ham o‘zgartirdi. O‘tgan yili Rossiya yalpi ichki mahsuloti 2,1 foizga pasayganidan so‘ng, Rossiya iqtisodiyoti 2023 yilda yanvar oyidagi oldingi prognozdan 0,4 foizga ko‘p, 0,7 foizga o‘sishi kutilmoqda. Jamg‘arma ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda Rossiya iqtisodiyoti 1,3 foizga o‘sadi. Bu avvalgi prognozdan 0,8 foizga kam.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41
-
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
Sport | 22:15
Mavzuga oid

16:25 / 07.07.2025
YeOTB O‘zbekiston YaIM 6,5 foizgacha o‘sishini prognoz qilmoqda

15:47 / 07.07.2025
Yarim yillik yakunlari: O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,7-6,8 foiz o‘sishi kutilmoqda

11:48 / 11.06.2025
O‘zbekistonda YaIM o‘sishi 6,7 foiz darajasida prognoz qilinmoqda

22:41 / 24.05.2025