Ukrainaga qarşi Rossiya uruşi boşlangaç Polşada siyosiy boşpana olgan va özini muxolifatçi deb taniştirgan rossiyalik Igor Rogov bir neça yil davomida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) bilan hamkorlik qilib kelganini polyak tergovçilariga tan oldi. Bu haqda 3 noyabr kuni WP Wiadomości va PKB24 internet-naşrlari Rogov va uning rafiqasi Irinaga nisbatan qözğatilgan iş materiallariga tayangan holda xabar qildi.

Polşa tergovçilari tayyorlagan yakuniy xulosaga köra, 2024 yil yozida Polşa Içki xavfsizlik agentligi (ABW) tomonidan qölga olingan Rogov — avval “Oçiq Rossiya” harakatining koordinatori va Aleksey Navalniy ştabi (Saransk) koordinatorining örinbosari bölgan — u FSB xodimiga Ğarbga köçgan rossiyalik muxoliflar haqidagina emas, balki rossiyalik muhojirlarga yordam berayotgan polyak tuzilmalari, Polşa TIV amaldorlari faoliyati, rossiyaliklar uçun polyak tili öqituvçilari haqida ham ma’lumotlar ötkazib turgan. Aytilişiça, ma’lumotlarni fleş-kartada rafiqasiga bergan va u öşa payt Rossiyaga qarindoşlarini körişga borgan.

“Menga yoqadigan işni qilişim kerak edi: rossiyalik muxolifat doiralarida aylaniş, yangi odamlar bilan tanişiş va oxir-oqibat hammasini FSBga xabar qiliş. Men köproq yaxşilik qilyapman, deb öylardim”, — deya Igor Rogov körsatmalarini keltirgan WP Wiadomości. U, şuningdek, özini Ukrainadagi uruşga safarbar qiliş bilan otasini qörqitgan FSB bosimi ostida harakat qilganini aytgan: “Men bosim ostida edim, bu odamlar men haqimda hammasini biladi, deb öylardim. Qörqardim”, — degan u.

Bundan taşqari, tergov 2024 yil yozida Polşadagi logistika markazida aniqlangan posilka — bomba tayyorlaş komponentlari: nitroglitserin, pauerbank körinişidagi detonator va kumulyativ qismi bor metall termos qabul qiluvçisi Igor Rogov bölganini ham aniqladi. Rogovning aytişiça, u faqat posilkani olib qöyişi kerak bölgan, içida nima borligini bilmagan, bu işni undan Polşada yaşayotgan rossiyalik muxolifatçi Emil G. söragan. Rogov buni “oddiy yordam” deb atagan.

Endi unga josuslikdan taşqari odamlar hayoti va soğliğiga xavf tuğdirganlik aybi ham qöyilmoqda. Igor Rogov va uning rafiqasi Irina Rogovalarga sakkiz yildan umrbod qamoqqaça jazo berilişi mumkin.

Polşa OAV yozişiça, Igor Rogov 2022 yil bahorida Polşaga kelgan. U özini muxolifatçi deb taniştirib, Sileziyada Vladimir Putin hokimiyatiga qarşi mitinglar taşkil etganini aytib yurgan. Uning sözlariga köra, Varşava hukumati Rossiyaning Ukrainaga bosqini boşlangaç uni mamlakatga taklif qilgan. Rogov “informatika” ixtisosligi böyiça öqişni yakunlagan, oyiga 5000 zlotiy stipendiya va ijtimoiy yordam, şuningdek Sosnovets şahrida yotoqxonada turar joy olgan. Biroq Polşa Içki xavfsizlik agentligi ma’lumotlariga köra, Rogov Rossiyaning özidayoq FSB tomonidan yollangan va u bilan faol hamkorlikni davom ettirgan.