Özbekiston şifokorlarining örtaça maoşi 2,6 mln sömga ($231) teng, bu Markaziy Osiyo davlatlari içida uçinçi körsatkiç, deb hisoblamoqda Asia-Plus.

Eng yuqori maoş qozoğistonlik şifokorlarga tegişli bölib, 416 ming tenge yoki 923 AQŞ dollariga teng.

Ikkinçi örinda - turkmanistonlik şifokorlar. Ularning örtaça maoşi 548-1580 manat yoki 156-451 AQŞ dollarini taşkil qiladi.

Törtinçi örinda – qirğizistonlik şifokorlar. Ularning örtaça maoşi 19,3 ming qirğiz sömi yoki 221 AQŞ dollariga teng.

Eng past maoşni tojikistonlik şifokorlar olyapti. Ularning örtaça maoşi 1550 somoniy yoki 142 AQŞ dollariga teng.

Xabarga köra, malaka darajasiga, iş stajiga va navbatçilik kunlarining soniga qarab, Markaziy Osiyoning barça mamlakatlarida şifokorlar soğliqni saqlaş muassasalarining pulli xizmatlari hisobiga iş haqiga qöşimça haq oladi.