Yangi qonun, yangi jazo: aliment to‘lashdan bo‘yin tovlaganlar 120 soatgacha majburiy jamoat ishiga tortiladi
Voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun alimentlarni o‘z vaqtida to‘lamagan shaxslarga 15 sutka qamoq yoki bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari, ya’ni 6 mln so‘m jarima jazolari bor edi. Bularning qatoriga 120 soatgacha haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish jazosi ham qo‘shildi.

Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Yangiliklardan biri aliment to‘lashdan bo‘yin tovlovchi otalar haqida bo‘lib, endilikda voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun alimentlarni o‘z vaqtida to‘lamagan shaxslarga 15 sutka qamoq yoki bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari, ya’ni 6 mln jarima jazolari qatoriga 120 soatgacha haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish jazosi ham qo‘shildi.
Bunda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslar ish haqining 50 foizi aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzni to‘lashga yo‘naltiriladi.
Qonunning avvalgi tahririda buning uchun 15 sutka muddatga ma’muriy qamoq yoki BHMning 20 baravari miqdorida jarima bor edi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2021 yilda voyaga yetmagan farzandiga aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 5300 dan ortiq fuqaro ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan. 2022 yilda bu ko‘rsatkich 8700dan ortgan.
Majburiy ijro byurosining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, byuroga kelib tushgan 48 ming 200 dan ortiq murojaatning 25 ming 600tasi, ya’ni 53 foizi alimentga oid.
Joriy yilda aliment ijro hujjatlari bo‘yicha moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 495 mlrd so‘mlik aliment pullari undirilgan,
2,2 mlrd so‘mlik 13 ta uy-joy va 255 mln so‘mlik 2 ta transport vositasi aliment oluvchilarga oldindan to‘lov sifatida berilishi ta’minlangan.
Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latovning ma’lum qilishicha, MIB huzurida tashkil etilgan “Aliment to‘lovlari” davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan 487 nafar aliment oluvchilar foydasiga jami 6,2 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Byuro aralashuvi bilan 6 mingdan ziyod qarzdor ishga joylashtirilgan, 11,200 dan ortiq oilalar yarashtirilgan.
Madina Ochilova tayyorladi.
Tasvirchi va montajchi ¬ Nuriddin Nursaidov.
Mavzuga oid

20:20 / 27.05.2025
Uchqo‘rg‘on hokimligi xodimi ikki ayolidan farzandlariga bir necha yillik aliment qarzini to‘lamayapti

14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi

12:28 / 26.12.2024
Navoiyda 2,5 yildan beri qidiruvda bo‘lgan ota “dacha”dan topildi

16:17 / 02.11.2024