Kun.uz manbasining ma’lum qilişiça, holat joriy yilning 5 mart kuni Uçquduq şahrida sodir bölgan. Bolalar yaqinda foydalanişga topşirilgan köp qavatli uyning bolalar maydonçasida öynayotgan bölgan. Bolalardan biri maydonça bilan yonma-yon joylaştirilgan transformator yoniga borib, uning eşigini oçib körgan. Oqibatda uni katta kuçlanişli tok urgan.

“Öşa kuni işda edim. Holatni eşitib tezda yetib keldim. Qarasam, bolamning ikki qöli kuyib ketgan, ahvoli jiddiy. Şifoxonada zörğa öziga keltirib oldik. Ammo ikki qölini kesib taşlaşga majbur böldik.

Şu yil maktabga çiqişi kerak edi. Uning azoblanganini körib, özim ham adoi tamom böldim.

Transformator bolalar maydonçasining yonida edi, xavfsizligi ta’minlanmagan, hatto xavfli ekanligini anglatuvçi belgilari ham yöq edi. Eşiklari oçiq holatda bölgan öşa kuni. Aslida, transformatorning bolalar maydonçasi bilan yonma-yon bölişi töğri emas. Buning ham öz tartib-qoidalari bölsa kerak”, — deydi Kun.uz muxbiri bilan gaplaşgan bolaning otasi Akmal Qobilov. 

Hozirda holat yuzasidan jinoiy iş oçilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Çinozda poyezdning yuk vagoni ustiga çiqib olgan 2 bolani tok urgandi. Buning oqibatida ulardan birining tanasi 20 foizga, ikkinçisining tanasi 80 foizga kuygandi.