AQŞ okrug sudyasi Trevor Makfadden Kapitoliyga hujum qilgan Patrik Makkoy III'ni yetti yil-u olti oyga ozodlikdan mahrum qildi, söngra u ikki yillik nazorat ostida ozodlikka çiqariladi. Hukm 14 aprel, juma kuni e’lon qilindi.

Makkoy ofitserlardan birining plastik qalqonini yulib olib, undan zobitni orqaga suriş uçun foydalangan. AP epizodni 2021 yil 6 yanvardagi hujumning eng zöravon holatlaridan biri deb atadi. The Washington Post naşri tarqatgan kadrlarda huquq-tartibot idoralari xodimlaridan biri oğriqdan qiçqirayotganini köriş mumkin.

Federal prokurorlar 15 yil-u 8 oylik qamoq jazosini tavsiya qildi, bu Kapitoliy tepaligidagi tartibsizlik işi böyiça eng uzun muddat böladi.

«Sizning qilmişlaringiz öşa qora kunda sodir etilgan eng dahşatli jinoyatlardan biridir», dedi sudya. Ayblanuvçining özi ham özini «fuqarodek emas, balki hayvondek tutganini» tan oldi.

2022 yil 22 dekabrda AQŞ Vakillar palatasining maxsus qömitasi 1000 dan ortiq guvohlar bilan sörov, 10 ta eşituv ötkazib, millionlab varaqli hujjatlarni örganib çiqqanidan söng 814 betdan iborat hisobot çiqargan holda 18 oylik tergovni yakunladi.