Rossiya asirligidan ozod etilgan ukrainalik harbiy xizmatçilarning katta qismi, ya’ni 86 foizi qiynoqlarga duçor bölganini aytdi. Bunday ma’lumotlarni Oliy radaning inson huquqlari böyiça vakili Dmitriy Lubinets «Ukrainska pravda» gazetasiga bergan intervyusida keltirdi. 

U Ukraina harbiylari qanday qiynoqlarga uçraganiga aniqlik kiritmadi va bu Rossiyada qolgan harbiy asirlarning yanada qattiqroq qiynoqlarga olib kelişi mumkinligini tuşuntirdi. 

Lubinets, şuningdek, sönggi töqqiz oy içida Ukraina Qurolli kuçlarining asirga olingan askarlari rossiyalik harbiylar tomonidan ommaviy qatl etilgani aks etgan önlab videolavhalar kelib tuşganini aytdi. 

Bundan oldin Ukraina yangi asirlar almaşinuvi doirasida 130 kişini qaytargandi. Bu haqda prezident devoni rahbari Andrey Yermak aytib ötdi. 

Almaşiş bir neça kun davom etdi, dedi u. Şu bilan birga, u qança odam Rossiya Federatsiyasiga ötkazilganiga aniqlik kiritmadi. Rossiya xabar e’lon qilingan vaqtda almaşinuv haqida xabar bermadi.

Avvalroq Ukraina va Rossiya örtasida yangi harbiy asirlar almaşinuvi bölib ötgandi. 

Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermakning sözlariga köra, 100 kişi Rossiya asirligidan Ukrainaga qaytgan. 

Öz navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi 106 nafar rossiyalik harbiy xizmatçi vataniga qaytganini ma’lum qildi.